Bugun 18:00. "Lokomotiv" - "Nasaf"
15 sen 2015 09:00
Yangiliklar


Bugun 18:00. "Lokomotiv" - "Nasaf"
Bugun O'zbekiston kubogining dastlabki finalchisi nomi malum bo'ladi.
Yarim final javob o'yinlarining dastlabkisida Toshkentning "Lokomotiv" hamda Qarshining "Nasaf" klublari to'qnash keladi. Qarshida o'tgan ilk uchrashuvda "ajdarlar" 2:0 hisobida zafar quchishgandi.
Bugungi o'yinda Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa yirik hisobda g'alaba qozonsagina finalga yo'llanma oladi. Uchrashuv soat 18:00da TTYMI stadionida bo'lib o'tadi.
Barcha muxlislarni o'yinni tomosha qilish uchun stadionga chorlab qolamiz.
Ertaga esa yarim finalning ikkinchi javob o'yini doirasida "Bunyodkor" va "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar