Bugun 17.00da Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2016, 10:10
Bugun UEFAning Non shahridagi shtab-kvartirasida Yevropa ligasi 1/16 finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Bu bosqichda klublar ikkita savatchaga ajratiladi. Guruh g'oliblari va YCHL guruh bosqichidan tushgan eng kuchli 4 klub birinchi savatchadan o'rin olishadi.

Bir mamlakat va bir guruhda o'ynagan klublar o'zaro to'qnash kelishmaydi. Bundan tashqari Rossiya klublari Ukrainaning Shaxter bilan to'qnash kelishmaydi.

Birinchi savatcha: APOEL (Kipr), Ayaks (Gollandiya), Beshiktosh*, Osmanlispor, Fenerbaxche (barchasi – Turkiya), Genk (Belgiya),  Zenit (Rossiya), Kopengagen (Daniya)*, Lion, Sent-Eten (ikkisi – Fransiya)*,  Roma, Fiorentina (ikkisi – Italiya), Sparta (Chexiya), Tottenxem (Angliya)*,  Shalke (Germaniya), Shaxter (Ukraina).

Ikkinchi savatcha: AZ (Gollandiya), Anderlext, Gent (ikkisi – Belgiya), Astra (Ruminiya), Atletik, Vilyarreal, Selta (barchasi – Ispaniya), Borussiya Menxengladbax (Germaniya)*, Krasnodar, Rostov* (ikkisi– Rossiya), Legiya (Polsha)*, Ludogorec (Bolgariya)*, Manchester Yunayted (Angliya), Olimpiakos, PAOK (ikkisi – Gretsiya), Xapoel Beer-Sheva (Isroil).

*YCHL guruh bosqichida 3-o'rinni egallangan klublar.

Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanadi.

1/16 final o'yinlari 16 va 23 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Birinchi savatchadan o'rin olgan klublar ikkinchi o'yiinni o'z maydonida o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia