So’nggi yangiliklar

10:11Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) энг қиммат футболчилар рейтингини янгилади  0 09:44Ўтган мавсум А Серияда 11 та гол урган ҳужумчи фаолиятини “Рома“да давом эттириши мумкин  0 09:17УEФА Чемпионлар Лигасининг янги мавсумида “Барселона“ни очколардан маҳрум қилиши мумкин  17 08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  9 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  12 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  9 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  30 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  1 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  3 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  4 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  4 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  11

Bugun 15:15. O'zbekiston U-23 - Eron U-23 Yangiliklar

Bugun 15:15. O'zbekiston U-23 - Eron U-23

Bugun Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida 1-tur bahslari davom ettiriladi.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi chempionatni Eronga qarshi bahs bilan boshlashadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:15da boshlanadi. Uchrashuv Songxla shahridagi "Tinsulanon" stadionida bo'lib o'tadi.


O'YINOLDI MATBUOT ANJUMANI

Lyubinko Drulovich (O'zbekiston): “S” guruhi juda ham qiyin kvartet bo'ldi. To'rtala jamoada ham imkoniyat bir xil. Biz ham uchrashuvga munosib tayyorgarlik ko'rdik. Oldinda bizni Eronga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu o'yinga hozir bor etiborimiz qaratilgan. Ushbu bahsdan so'ng qolgan o'yinlar haqida o'ylaymiz.

Har bir o'yin oson o'tadi deya olmayman. Birinchi bor Tailanddamiz. SHaroitdan noliydigan joyimiz yo'q. Bizga barcha sharoitlarni yaratib berishgan. Ayni paytda tanlagan futbolchilarim Olimpiya yoshidagi eng kuchlilaridir. Hozir tarkibda yo'q o'yinchilar haqida gapirish biroz noo'rin deb o'ylayman. Biz musobaqaga tayyormiz. Nasib qilsa, har bir o'yinda chiroyli va yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.

Hamid Estili (Eron): Mezbonlarga va tashkiliy qo'mitaga rahmat aytib qolmoqchiman. Guruhdagi qolgan 3 jamoaga o'z hurmatimni bildirib qolaman. Guruhimizda kuchli jamoalar jam bo'lgan. FIFA taqvimi yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlarini ko'ngildagidek o'tkazishimizga biroz halal berdi. SHunday bo'lsa ham biz musobaqada yaxshi natija ko'rsatishga umid qilamiz. O'zbekiston terma jamoasini yaxshi bilamiz. Ular bilan 2 bor o'rtoqlik uchrashini o'tkazdik. O'yinchilarim musobaqaga tayyorgarlik jarayonida qattiq mehnat qilishdi. Doim birinchi o'yin qiyin bo'ladi. SHu bois ertanggi O'zbekistonga qarshi o'yin ham oson kechmaydi.


U-23 OSIYO CHEMPIONATLARIDAGI ISHTIROK
2013 yilgi dastlabki U-23 Osiyo chempionatida Eron 4 ochko to'plab guruhdan chiqa olmagan. 2016 yilgi musobaqada esa forslar guruhdan chiqishgan va chorak finalda bo'lajak chempion Yaponiyaga yutqazib qo'yishgan - 0:3. Eron 2018 yil Xitoydagi U-23 Osiyo chempionatiga chiqa olmagan edi.

Vakillarimiz 2013 yil Ummonda o'tgan dastlabki musobaqada guruhda 3 ochko to'plab, 3-o'rinni egallashgandi. Qatardagi chempionatda ham O'zbekiston 3 ochko bilan 3-o'rinni egallagandi. 2018 yil Xitoydagi qita chempionatida esa O'zbekiston chempionlikka erishganini ko'pchilik yaxshi eslasa kerak.

Bu jamoalar U-23 Osiyo chempionatida ilk bor to'qnash kelishadi. Sentyabr oyida O'zbekiston va Eron olimpiya terma jamoalari yurtimizda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgandi. Olmaliqda o'tgan ilk bahsda 1:0, Toshkentdagi uchrashuvda esa 4:1 hisobida O'zbekiston g'olib bo'lgandi.


O'zbekistonning U-23 Osiyo chempionati uchun yakuniy ro'yxati:

Darvozabonlar: 1.Abduvohid Nematov ("Nasaf"), 12.Mashxurjon Muhammadjonov ("Nasaf"), 21.Nizomitdin Ziyovutdinov (AGMK).

Himoyachilar: 2.Islom Qobilov ("Bunyodkor"), 3.Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), 5.Dilshod Saitov ("Nasaf"), 13.SHerzod Nasrullaev ("Nasaf"), 15.Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912"), 19.Ilhom Alijonov ("Navbahor"), 20.Husniddin Aliqulov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: 4.Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), 6.Aziz G'aniev ("Nasaf"), 7.SHarof Muxitdinov ("Nasaf"), 8.Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor"), 9.Jasurbek Yaxshiboev (AGMK), 14.Abrorbek Ismoilov ("Surxon"), 17.Islom Kenjaboev ("Nasaf"), 18.Doston Ibragimov ("Qizilqum"), 22.Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), 23.Oybek Bozorov ("Nasaf").

Hujumchilar: 10.Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), 11.Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor"), 16.Azizbek Amonov ("Lokomotiv").




Eronning U-23 Osiyo chempionati uchun yakuniy ro'yxati:


Darvozabonlar - Meraj Esmaeli ("Zob Ahan"), Habib Abbasifar ("Naft Masjed"), Mehdi Nurollahi ("Saypa").

Himoyachilar - Mehran Deraxshan ("Zob Ahan"), Omid Nurafkan ("Sepaxon"), Aref Agxasi ("Fulad"), SHahin Taherxani ("Istiqlol"), Mojtaba Najjarian ("Fulad"), Xosseyn Saki ("Sanat Naft"), Matin Karimzoda ("Pars Jonubi").

Yarim himoyachilar - Amirhosseyn Hosseynzoda ("Saypa"), Jafar Salmani ("Sanat Naft"), Sina Zamehran ("SHahr Kodro"), Muhammad Xodabandehlo ("Paykan"), Mehdi Mehdixani ("Varazdin", Xorvatiya), Reza Dehgani ("Nassaji").

Hujumchilar - Mohammad Mohebbi ("Sepaxon"), Mehdi Gaedi ("Istiqlol"), Reza Jabireh ("Sanat Naft"), Ali SHojayi ("Nassaji"), Amir Rustayi ("Persepolis"), Reza SHekari ("Traktor"), Ollohyor Sayyadmanesh ("Istanbulspor", Turkiya). 



HAKAMLAR

Uchrashuvni qatarlik Hamis Al Marri boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Malumot uchun, Al Marri 1984 yilda tug'ilgan va 2010 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.


U-23 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 1-tur
O'zbekiston - Eron
9 yanvar 2020 yil. Songxla. "Tinsulanon" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam
: Hamis Al Marri (Qatar)
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri va Saud Ahmad Al Maqaleh (ikkisi Qatar)
To'rtinchi hakam: Abdulrahmon Al Jassim (Qatar)
VAR hakami: Abdulla Al Marri (Qatar)
VAR yordamchi hakamlari: Hamis Al Kuvari (Qatar) va Ahmad Faysal Al Ali (Iordaniya)



Eron olimpiya terma jamoasida 2019 yilning o'zida 3 nafar bosh murabbiy ishladi. Tarkibda "Fenerbaxche"ga tegishli bo'lgan futbolchi bor, ayni paytda terma jamoani JCH-1994da AQSH darvozasiga gol urgan murabbiy boshqarib bormoqda. SHu kabi malumotlarni Eron haqidagi alohida maqolada o'qib olish mumkin


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика