So’nggi yangiliklar

13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  10 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  13

Bugun 10 dekabr, xalqaro futbol kuni Yangiliklar

Bugun 10 dekabr, xalqaro futbol kuni

BMT tashabbusi bilan har yili 10 dekabr sanasida norasmiy tarzda Xalqaro futbol kuni (World Football Day) nishonlanadi.

SHu tariqa, butun dunyo millionlar insonlar uchun nafaqat sport balki hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan futbolga hurmat bajo keltiradi. SHu kuni sayyoramizda turli darajadagi futbol o'yinlari o'tkaziladi.

Tarixga murojaat qilsak oyoq bilan to'p o'ynash iboralarini xitoyliklar topishgan. Bu yozuvlar miloddan avvalgi 2000 yil oldin qayd etilgan. Bu o'yin "Cu CHyu" deb nomlanardi. Uning manosi oyoq bilan itarish. Futbol o'yini xitoylik askarlarning yaxshi sport formada bo'lishlarini taminlar edi.

Bu o'yin qachon paydo bo'lganini hech kim bilmaydi. Bazilar futbol 8 asrda Angliyada paydo bo'lgan deyishdi.



Futbol o'yinlarida darvoza to'ri ilk bor 1891 yilda Angliyaning shimoliy va janubiy jamoalari o'rtasidagi bahsda qo'llanilgan. Qadimgi Greciyada, ikki yarim ming yil oldin Rimda ham futbol o'ynashgan. Greciyada bu o'yin to'p uchun jang deb nomlangan edi. Nomga qarab o'shanda futbolda har qanday kuch bilan o'ynashgani tushunarli bo'lsa kerak.

O'zbekistonda ilk futbol jamoalari 1912 yilda Qo'qon va Farg'onada paydo bo'lgan. Keyinroq, Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida futbol jamoalari tashkil etilib, ular o'rtasida musobaqalar o'tkazila boshlangan.

1946 yilda O'zbekiston Futbol Federaciyasi tashkil etilgan. 1956 yilda O'zbekistonning eng etakchi va tarixiy klublaridan biri bo'lgan "Paxtakor" tashkil topgan.

1994 yilda O'FF FIFA hamda OFK azosiga aylangan. 1994 yilda O'zbekiston terma jamoasi Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida chempion bo'ldi. 2011 yilda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionligiga erishdi. 2013 yilda FIFAning "Feyr Pley" sovrini O'FFga topshirildi. 

championat.asia sayti xodimlari bugungi bayram bilan futbolga aloqador bo'lgan barcha-barchani tabriklaydi. Futbol doim sizga faqat xursandchilik taqdim etsin. Bayram muborak!


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика