So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  11 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  19 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

Buffonning shogirdi A Seriya yulduzi bo'la oladimi? Yangiliklar

Buffonning shogirdi A Seriya yulduzi bo'la oladimi?

Qisqa vaqt ichida bu yosh va umidli italiyalik darvozabon istiqbolli, ammo etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganlar toifasidan chempionatning eng etibor markazidagi posbonlardan biriga aylandi.

Yanvar so'ngida Emil Audero Turinning “Yuventus” klubidan rasman ketdi va 20 million evro evaziga "Sampdoriya" o'yinchisiga aylandi. Bunga qadar u “Doriya”da ijarachi sifatida o'ynagan.

Qizig'i shundaki, turinliklar hamda genuyaliklar o'rtasidagi shartnomaga ko'ra, Audero shu yilning yozida 14 mln evroga sotib olinishi kerak edi. Lekin Genuya klubi bo'ladigan ishning tezroq bo'lgani yaxshi deb, buni uzoqqa cho'zishmadi va futbolchini muddatidan avval xarid qilishdi. "Samp" o'yinlarini kuzatmagan insonga transfer g'alati, qimmat, mablag' o'zini oqlamaydigandek tuyulishi mumkin. Biroq italiyalik uchun sarflangan har bir cent kundan-kunga o'zini oqlamoqda.

“Blucherkyati” B Seriyaning eng yaxshi darvozaboni bo'lgan o'yinchiga ega bo'ldi. Lekin shuni takidlab o'tish joizki, Audero "Yuve"da Voycex SHHensnyy (polyak) hamda Mattia Perin (italyan)dan keyingi uchinchi raqamli posbon bo'lib qolgan edi. “Byankoneri”, o'z navbatida, o'yinchi uchun yaxshigina pulga ega bo'ldi hamda mablag'ini yozda Krishtianu Ronalduni sotib olishga sarfladi.

Audero Indoneziyada tavallud topgan. Otasi indoneziyalik — Edu Mulyadi, onasi esa italiyalik — Antonella Audero. Bolaligida, bir yoshga to'lganida, uning oilasi Italiyaga ko'chib keldi. U 11 yoshida "Yuventus" o'yinchisiga aylangan. Italiyalik posbon 2016/2017 yilgi mavsumning so'nggi turi — "Bolonya"ga qarshi bahsda — "Yuventus" tarkibida debyut qilgan. Bunga qadar esa, deyarli 60 o'yinda faqat zaxira o'rindig'ini band etib turgan.

Bu mavsum darvozabon "Sampdoriya" tarkibida 29 ta o'yinda ishtirok etdi, ularning 10tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Oxirgi yil Emil, hali biror marta Italiya milliy termasiga chaqirilmagan, ammo U-21 termasi safida maydonga tushgan, "Veneciya"da ijarada o'tkazib, B Seriya "Eng yaxshi darvozaboni" deb topilgan.

"Jamoa ("Yuventus")ning asosiy tarkibi bilan mashg'ulot o'tkazganimda men endigina 16 yoshda edim. O'shanda kumirim Janluidji Buffon bilan birga shug'ullanganman. U bilan mashg'ulotda siz chindan ko'p narsani o'rganishingiz mumkin. Kelajagim haqida o'ylamayapman. Agar o'z ishimni sifatli bajarsam, vaqt o'tishi bilan barchasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Qolaymi yoki ketaymi… To'g'risi, bilmayman. Bu haqida hozircha boshqalar o'ylab turibdi. Men qisman bunga tasir o'tkazishim mumkin", – degandi Audero La Gazzetta dello Sport ga 2017 yil yozda bergan intervyusida.

2018 yil kuz faslining oxiriga kelib Emil Audero procentlarda oladigan bo'lsak, ajoyib ko'rsatkichlar ko'rsatayotgandi. Amalga oshirilgan seyvlar soni o'tkazib yuborilgan gollarga nisbatan – 87,5%. Bu borada u mashhur posbonlar Ugo Loris ("Tottenxem" – 86,67%), Alisson Beker ("Liverpul" – 85,71%),  Janluidji Buffon ("PSJ" – 83,33%) va Ruy Patrisio ("Vulverxempton" – 82,67%)ni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Va u bunga "Sampdoriya"da, A Seriyaning o'rtamiyona klubida erishdi. Qiziq tomoni, mamlakatdagilardan eng yaqin taqibchi Samir Xandanovich "Inter" – 79,31%, peshqadam "Yuventus" posboni Voycex SHchensnining ko'rsatkichi esa bor yo'g'i 73,68% tashkil etdi.

Mutaxassilar Emil Auderoning o'yiniga yuqori baho berayotgan bo'lsalar ham, uning ishtirokida har bir yosh va iqtidorli posbonda bo'lganidek omadsiz uchrashuv hamda xatolar uchrab turibdi. Darvoza chizig'ida harakatlanishda Audero hech qanday muammoga duch kelmay, oyoq bilan yaxshi o'ynab, baland sakray olayotganiga qaramay, darvozadan chiqishda bazi kamchiliklari yo'q emas. Emil darvozasini tashlab chiqqan vaziyatlarda bir necha bor xavfli vaziyat yuzaga keldi va raqib gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Sampdoriya" Auderoni to'liq sotib olgunga qadar, posbon Londonning "Arsenali" short-listida edi. Ammo boshqa murabbiy kelishi, Bernd Lenoning sotib olinishi italiyalikning Tumanli Albionga ko'chib o'tishiga chek qo'ydi. SHu o'rinda, bu narsadan Emil ortiqcha siqilmagani va tushkunlikka tushmaganini ham taekidlash lozim. 

Yaqinda "TuttoSport"ga intervyu chog'ida Emil Audero quyidagi so'zlarni aytdi: "Yuventus" qalbimda qolganmi? Albatta, boshqacha bo'lishi ham mumkin emas menimcha. Men klub tizimini to'liq o'tdim, va yoshligimdan o'n yil davomida "Yuve"da to'p tepdim. Yashirmayman, qachondir u erga qaytishni xohlardim. Ammo kelajak bugundan boshlanadi va xorzirgi kunda mening fikru-xayolim "Sampdoriya" bilan bog'liq.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика