So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  13 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  6 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

Buffondek bo'lishni orzu qilayotgan darvozabonlar Yangiliklar

Buffondek bo'lishni orzu qilayotgan darvozabonlar

Teglar :  Janluiji Buffon
Loris, Sirigu, SHesni, Reyna, Xandanovich, Noyer va Buffon tajribali darvozabon hisoblanadi.

Ammo, bugun ulardan biroz chetlashgan holda, 25-30 yoshgacha bo'lgan darvozabonlar haqida suhbatlashamiz. CHunki, aynan shu yoshda ular faoliyatini davom ettirishi yoki aksincha, unga nuqta qo'yishi aniq bo'lib qoladi. Qiziq, quyidagilardan qaysi biri kelajakda Buffonni ortda qoldirib, ilgarilab keta olarkin?!

10 o'rin. Janluijji Donnarumma (“Milan”)



Ro'yxatni “Milan” muxlislari bilan orani ochiq qilishga uringan va Rayolaga sotilib ketmaganini isbotlamoqchi bo'lgan yigit ochib beradi. Donnarumma hali juda yosh bo'lishiga qaramay, hech qanday o'zgarishlar uning istedodini yo'qqa chiqarolmaydi. Albatta, yosh darvozabon muvaffaqiyatli jamoa va kuchli murabbiyga duch kelib, Italiya termasida Buffonning o'rnini egallashi hamda posbonlar orasida o'z joyini topishi mumkinligi xaqida orzu qilishga haqli.


9 o'rin. Tomas Strakosha (“Lacio”)



Qiziq, Tomas albaniyalik mashhur golkiperning o'g'li bo'lishiga qaramay, kuchli texnikaga ega emas. Strakosha Greciyada tug'ilgan bo'lib, “Lacio” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U instinktlarga tayanib o'ynashi yosh Muslerani eslatadi. Uning intuiciya va reakciyasi hech qachon pand bermagan. O'yin payti raqiblarining usulini o'rganib, hatto, penaltilarni ham qaytarishga muvaffaq bo'lgan. Albaniyalik endigina 22 bahorni qarshilaganiga qaramay, ruhiy jihatdan ana shunday mustahkam bo'lib boraversa, keyingi mavsumlarda sezilarli darajada o'sishi mumkin.


8 o'rin. Koen Kastels (“Volfsburg”)



Belgiyalik namunali xulq va yaxshi insoniy fazilatlarga ega bo'lmasa-da, “Verder” tarkibidagi Pavlenka kabi tasirli o'ynay oladi. SHu sababdan ham, uni “bo'ri” deb tariflashadi. “Volfsburg” Kastelsning barqaror va tinimsiz o'ynay olishiga ishonadi. Har bir o'yinda o'rtacha 3.9 miqdorda seyv qiladigan belgiyalik, “Liverpul” posbonlariga qaraganda, ancha yaxshi o'ynaydi. Bundan tashqari, kuchli zarba berishi, o'ziga bo'lgan ishonchi va to'g'ri poziciyani tanlay olishi bilan boshqalardan ajralib turadi.


7 o'rin. Nik Poup (“Bernli”)



Angliyaning darvozabonlar tayyorlovchi maktabidan kamdan-kam hollarda kuchli texnikaga ega futbolchilar etishib chiqadi. SHunday ekan, Nik Poup ham ro'yxatimizda uzoq vaqt qolishi dargumon. Ammo APLning boshqa klublariga qaraganda, “Bernli” jamoasi ko'proq g'alaba qozonishi, seyvlar soni ko'pligi va to'g'ri qaror qabul qilolgani uchun Nik joriy mavsumlardan chetlashtirilmadi. Nik hisobida 3.3 seyv bor. U uzoqdan kelayotgan zarbalarga yaxshi javob qaytaradi va ikki qo'llab o'ynay oladigan ehtiyotkor posbon hisoblanadi. Ammo, ahvol shu yo'sinda ketaversa, u mavsum so'ngida “Bernli” tarkibidagi oxirgi o'yinini o'tkazishi mumkin.


6 o'rin. Ederson (“Manchester Siti”)



“Benfiki” maktabining bitiruvchilari yuqori natijalarga erishishi qiyin. Ko'pchilik Ederson haqida ham shunday fikrda edi. Ammo braziliyalik qisqa vaqt ichida o'zini yaxshi ko'rsata oldi. Uning darvozasini juda kam holatlarda ishg'ol etishadi. Biroq, u koncentraciyani yo'qotmaslikka harakat qiladi. U bunga qadar esa, Gvardiola jamoasini qo'llab quvvatlagan edi. Ederson kuchli va iqtidorli posbon.


5 o'rin. Tibo Kurtua (“CHelsi”)



Agar belgiyalik “CHelsi” tarkibidan ketishi haqida kamroq o'ylab, o'z ustida ko'proq ishlaganida, mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagan bo'larmidi?! Hozirgi natijalarga ko'ra, ko'pchilik “aristokratlar” himoyada avvalgidek yaxshi o'ynamaydi. Kurtua murabbiyi Konte sxemasi sabab maydonga ko'p tusholmaydi. Seyvlar soniga ko'ra, Tibo etakchilikni qo'lga ololmadi. Sababi Minole ham deyarli shuncha seyvga ega. Biroq belgiyalik kuchli golkiper va u o'z ustida ishlashiga hali vaqti etarli.


4 o'rin. Alisson (“Roma”)



Alisson o'yinda oyoqlari bilan yaxshi harakatlanadi. U yosh, kuchli bo'libgina qolmay, yuqoriga sakray olish qobiliyatiga ham ega. Braziliyalik ko'p marotaba noqulay vaziyatlardan chiqishda Di Francheskoga yordam bergan. Bundan tashqari, Alisson o'zining “tegirmondek qo'llari” bilan ajralib turadi. “Roma” aynan shuning evaziga “Liverpul” va PSJdan naqt 50 million evro talab qilishi mumkin. Agar Braziliya JCH-2018da yaxshi ishtirok etolsa, unda narh-navo yanada ko'tarilishi mumkin.


3 o'rin. Mark-Andre ter SHtegen (“Barselona”)



“Barselona” Ispaniya CHempionatining etakchisi hisoblanadi. Lekin maydondagi o'yinchilar kuchi germaniyalikga qiyinchilik tug'dirmaydi. Mark-Andre 26 yoshida ancha vaqtdan beri kutiliyotgan natijaga erisha olgandi. Germaniyada ham yaxshi ishtirok etgan, ammo “Barselona”da g'alati xatolar muallifi bo'lib qolgandi. Biroq, u 21 o'yinda 61 marotaba jamoani mag'lubiyatdan saqlab qolib, bor yo'g'i 10ta to'pni o'tkazib yuborgandi. Bu “Barselona” golkiperi uchun ajoyib natija, axir!


2 o'rin. David De Xea ("Manchester Yunayted")


Barcha professional ligalarda “quruq” o'yinlari bilan ko'pchilikka tanish bo'lgan 5ta darvozabon bor. Ulardan biri De Xea. Agar allaqachon super yulduz bo'lishga ulgurgan Noyer va Buffonni hisobga olmasak, aynan De Xea birinchi raqamli darvozabon bo'la oladi. Axir ispaniyalik hamkasblari orasida uchtalikdan o'rin egallab turibdi. Lekin yangi mavsumda ishtirok etayotgan posbonlarga etibor qaratadigan bo'lsak, Davidni unchalik ham ko'klarga ko'tarmaslik zarur. Sabab: 300ta o'yinda ishtirok etib, MYUga yomon ishlagani uchun emas, balki birinchi raqam undan yomonroq bo'lmagani uchun.


1 o'rin. Yan Oblak ("Atletiko")



Sloveniyalik qandaydir o'ziga xos jihati bilan ajralib turmaydi. Balki shuning uchun ham, yozda “Manchester Siti”ga o'ta olmagandir, Biroq Yan birinchi raqamda ham dunyoning kuchli darvozabonlari orasida bo'lish mumkinligini isbotlay olgan. “Atletiko” Oblakni boshqa klublarga bersa, ko'p narsani yo'qotishi mumkin. 25 yoshli Yan 9ta to'pni o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, 60 marotaba seyv qilishga muvaffaq bo'lgani uchun reytingimizning 1-pog'onasini egallab turibdi. Birinchidan, Oblak — “quruq uchrashuvlar” muallifi. Ikkinchidan, 14ta o'yinda bir martta ham darvozani ishg'ol qilishlariga yo'l qo'ymadi. Uchinchidan esa, Yan qanchalik ajoyib o'ynashiga qaramay, kimningdir “soya”sida qolib ketmoqda. Aynan hozir Oblak dunyoning eng kuchli posboni hisoblanadi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика