Buffon "Yuventus"da yangi raqam ostida harakat qiladi
05 iyu 2019 10:48
Yangiliklar


Buffon "Yuventus"da yangi raqam ostida harakat qiladi
Italiyalik afsona Janluiji Buffon "Yuventus"ga qaytdi va o'zi uchun yangi raqam tanladi.
41 yoshli posbon 2019/20 yilgi mavsumda 77-raqamli libosda harakat qiladi.
Oldinroq, Buffon "Yuve"da 1,5 million evro maosh olishi xabar qilingan edi. "Keksa sinora" darvozabonning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etgandan so'ng uni tekinga qo'lga kiritdi.
Buffon bundan oldin 2001 yildan 2018 yilgacha turinliklar tarkibida harakat qilgan.
PSJ ning sobiq italiyalik darvozaboni yakunlangan mavsum parijliklar safida 25ta o'yinda maydonga tushib, shuncha gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar