Buffon yana terma jamoada o'ynamoqchi...
27 fev 2018 20:59
Yangiliklar
Buffon yana terma jamoada o'ynamoqchi...
"Yuventus" hamda Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon Argentina va Angliya terma jamoalariga qarshi bahslarda ishtirok etishi mumkin.
"Terma jamoa uchun og'ir bo'lgan vaqtlarda masuliyatni o'z bo'ynimga olishga tayyorman. Oilam bilan dam olishga bormoqchi edim, biroq termadagilar meni o'sha o'yinlarga chaqirmoqchi bo'lishsa, bunga tayyorman.
Hozircha kelajagim borasida aniq qarorga kela olmadim. Tajribali futbolchilar Argentina va Angliya bilan o'yinlarda asqotadi", - dedi Buffon.
Eslatib o'tamiz, Buffon Italiya terma jamoasi JCH-2018 saralashining pley-offida SHveciyadan engilganidan so'ng terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasaganini malum qilgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar