Buffon sobiq klubini A Seriyaga qaytgani bilan qutladi
19 may 2018 11:07
Yangiliklar


Buffon sobiq klubini A Seriyaga qaytgani bilan qutladi
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon "tvitteri" orqali "Parma"ni A Seriyaga qaytgani bilan tabrikladi.
40 yoshli italiyalik 1995-2001 yillarda sariq-ko'klar sharafini himoya qilgan va 168ta o'yin o'tkazgan.
"Buyuk "Parma" - deydi Buffon.
"Parma" B Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab, A Seriyaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
2015 yilda "Parma" bankrot deb elon qilinib, A Seriyadan Italiyaning to'rtinchi darajali ligasida tushirib yuborilgan edi. Ular uch yilda oliy ligaga qaytishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar