So’nggi yangiliklar

19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  2 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  16 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1

Buffon sirni ochdi Yangiliklar

Buffon sirni ochdi

"Yuventus"ning afsonaviy 39 yoshli darvozaboni Janluiji Buffon "Monako"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan UEFA rasmiy saytiga intervyu berdi.


Bir sirni ochaman. "Monako" - "Manchester Siti" uchrashuvining 30-daqiqalariga kelib klub direktorlaridan biriga sms xabaronoma yo'lladim. Xabarnomada "Monako" juda kuchli, ular finalga qadar etib borishlari mumkinligini yozgandim. Bu narsa biz "Monako"ni qanchalik hurmat qilishimizni ko'rsatadi. "Monako" juda tezkor, jismoniy taraflama juda kuchli, yaxshi futbolchilarga ega hamda tajribali jamoa. Ular juda hujumkor va quvnoq futbol o'ynashadi. Biz yana ECHL finalida o'ynashni va bosh sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lishni istaymiz.

Kilian Mbappe tug'ilgan payt men Franciyadagi mundialda o'ynashga ulgurgandim. Men faoliyatimni boshlagan paytim hali dunyoga kelmagan bolakaylarga qarshi o'ynash ajoyib. O'sha kuni o'ylab qoldim, men faoliyatim davomida uch xil avlodga qarshi o'ynashga erishdim. Futbol o'ynashni boshlaganimda 50-60 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'ynashardi. Hozir esa 21 asrda tavallud topgan futbolchilar katta futbolga kirib kelishmoqda. Bu juda katta vaqt. Ayni paytda bo'lajak Messi, Ronaldularga qarshi o'ynayotganimdan baxtiyorman. Taxminan 10 yillardan keyin hordiq chiqarayotganimda, ular haqiqiy super yulduzga aylanishadi. Men esa o'shanda iliq taassurotlar bilan shularga qarshi o'ynaganimni eslayman.


Albatta avvalgi finallardagi mag'lubiyat alamini olishni istayman. "Barselona"ga qarshi finaldagi mag'lubiyat va 2003 yili Manchester penaltilar seriyasida "Milan"ga imkoniyatni boy berib qo'ygandik. Yillar o'tishi bilan meni motivaciyam kuchaysa kuchaydiki, lekin kamaymadi. 2015 yili "Barselona" bilan o'yinda deyarli qarshi hujumlarda gol qo'yib yuborgandik. Messi keldi va zarba yo'lladi. Men esa qaytardim, ammo qaytgan to'pni Suares darvozaga aniq yo'llagandi. 2003 yili esa penaltilar seriyasidagi mag'lubiyat juda alamli bo'lgandi. O'shanda meni yoshim 25da edi. O'sha payt men hali hammasi oldinda, yutuqli o'yinlarim hali ko'p bo'lishiga ishongandim. Manchesterdagi finalda g'alabaga juda yaqin kelgandim. "Milan" uchta penaltidan foydalana olmagandi. Ikkitasini men qaytargandim. Lekin futbolda g'alati ishlar ruy berib turadi. Demak biz o'shanda g'alaba qozonishga haqli bo'lmaganmiz. Kerakligicha yaxshi o'ynolmaganmiz. Mukofotni kim ko'proq loyiq bo'lsa, o'sha oladi.

"Barselona"ga qarshi javob uchrashuvidan keyin albatta xursand edim. Lekin g'alabani to'liq nishonlashga shoshilmadim. CHunki hali ko'zlangan marrani zabt etmaganimizni bilib turibman. Finalda hakam xushtagi chalinganidan keyin xursand bo'lish eng muhimi. Aks holda ranjib qolish ehtimoli ham mavjud. SHu boisdan ham ko'zlangan maqsadga erishmaguncha xursand bo'lmay turgan maqul.

Evropa chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat, bosh sovrin men uchun juda muhim ahamiyatga kasb etadi. Agarda ushbu yutuqni qo'lga kiritsam, bu Jahon chempionatining oltin medallari kabi katta xursandchiligimga sabab bo'lardi. Men har doim Evropa chempionlar ligasida g'oliblikni qo'lga kiritishni orzu qilganman va bunga ishonganman. CHunki bu sovrinni jamoamiz, muxlislarimiz, klub xodimlari va muxlislarimiz bilan birga uddalashimizga ko'zim etadi. Bu haqida keyinroq, tojni boshga kiyganimizdan so'ng gaplashganimiz maqul. Agar bu ish amalga oshsa.

Janluiji Buffon joriy mavsumda ECHL pley-off o'yinlarida hali o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. Jiji Buffon 39 yoshida ham kim aslida kim ekanligini ko'rsatmoqda. #RespectBuffon1

* Evropa chempionlar ligasi bosh sovrini, "ikki quloq"qa Buffon etishmayapti.

* Nima deb o'ylaysiz, Buffonga "Oltin to'p" loyiqmi?

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика