Buffon PSJdan ketishi haqida: "Ikkinchi raqamli rol men uchun emas, shuning uchun katta puldan voz kechdim"
16 iyu 2019 17:20
Yangiliklar


Buffon PSJdan ketishi haqida: "Ikkinchi raqamli rol men uchun emas, shuning uchun katta puldan voz kechdim"
Darvozabon Janluiji Buffon PSJdan ketish qaroriga izoh berdi.
"5 oy avval PSJ menga ikkinchi raqamli darvozabon rolini taklif etdi. Yanvar oyidan boshlab hammmasini o'ylab olish uchun etarlicha vaqtim bo'ldi. Men bu men uchun emas degan xulosaga keldim. SHu sababli, katta puldan voz kechdim (yiliga 8 million evro atrofida) va shartnomani uzaytirish tanlovi faollashtirilgani yo'q. PSJning taklifi qonuniy, tushunarli va o'ziga jalb qiluvchi edi. Lekin, men 41 yoshimda hissiyotlar uchun o'yin amaliyotiga ega bo'lishim kerak. Hissiyot bu energiya va orzu", - deydi Buffon.
Italiyalik o'tgan mavsum Franciya chempionatida 17 uchrashuv o'tkazib, 6 tao'yinda quruq seriya qayd etdi. Bu borada uning jamoadagi raqobatdoshi Alfons Areolaning natijasi yaxshiroq – 21 o'yin, 11 quruq o'yin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar