So’nggi yangiliklar

16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  0 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  1 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8

Buffon nafaqat buyuk darvozabon, balki oliyjanob inson ekanligi haqida butun dunyo gapirmoqda. Nega? Yangiliklar

Buffon nafaqat buyuk darvozabon, balki oliyjanob inson ekanligi haqida butun dunyo gapirmoqda. Nega?

"La Nazione" gazetasi chorshanba kuni Buffonning oliyjanobligi haqida matn qoraladi.

Buffon va Allegri qo'l urgan ish haqida barcha bilishi lozim.

O'tgan haftada "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin "Yuventus"ning bazi futbolchilari va murabbiylari Davide Astorini so'nggi manzilga kuzatib qo'yishga borganliklari haqida malum qilingandi.

Malum bo'lishicha, Buffon va Allegri Londondan to'g'ri Florenciyaga uchadigan shaxsiy samolyot izlashgan ekan. Ushbu charter-reysning barcha harajatlarini Buffon va Allegri o'z cho'ntaklaridan to'lashgan.

Buffon Davide Astorining dafn marosimiga ulgurishni juda istagan va o'yingacha shaxsiy samolyot izlagan.

"Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Buffon kiyinish xonasiga kiriboq futbolchilarga yuzlangan:

"Biz Londondan to'g'ri Florenciyaga uchadigan shaxsiy samolyot topdik. Ertaga Davide Astorining dafn marosimi bo'ladi. Agarda kimda-kim Davide Astorini so'nggi manzilga kuzatib qo'yishga bormoqchi bo'lsa, unda tongda soat 04:30da mehmonxonaning chiqish yo'lakchasi oldida kutamiz. Men qiyin o'yinni o'tkazib, hordiq chiqarishni xohlayotgan futbolchilarni juda yaxshi tushunib turibman. Kim istasa biz bilan borishi mumkin", - deya o'z so'zlarini yakunlagan Janluiji Buffon.

Soat 04:30da mehmonxonaning chiqish yo'lakchasini oldida deyarli barcha "Yuventus" futbolchilari ketishga tayyor bo'lib turishgan. Ammo topilgan samolyot kichikligi tufayli bortga faqatgina 9 kishi ketishi mumkin bo'lgan. Natijada Buffon, Allegri, Allegrining yordamchisi Marko Landuchchi, Kellini, Benatiya, Pyanich, Barcali, Markizio va Rugani Astorining dafn marosimiga yo'l olishgan. Florenciyada esa jarohati tufayli "Tottenxem" bilan o'yinni o'tkazib yuborgan Federiko Bernardeski hamda De SHilo ular safiga qo'shilgan.

Marosimga etib kelgan "Yuventus" futbolchilari va murabbiylariga policiya orqa tarafdagi darvozadan Santa-Krochega kirishni taklif qilgan. Ammo Buffon bunga rad javobini berib, Florenciya maydoniga chiqqan va u erdagi aholiga "Yuventus" og'ir pallalarda ular bilan birga ekanligini ko'rsatgan.

Buyuk inson.

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика