Buffon Keynni ko'klarga ko'tardi
30 dek 2017 21:36
Yangiliklar
Buffon Keynni ko'klarga ko'tardi
Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon Xarri Keyn manziliga iliq fikrlar bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Keyn yaqindagina Alan SHirerning rekordini yangiladi va 2017 yilda gol urish bo'yicha Messini ham ortda qoldirib ketdi.
"Xarri hozir Evropadagi eng yaxshi hujumchilardan biri, bunga shubha yo'q. Tug'ma gol sezish instinkti - bu siz bilan birga tug'iladigan iqtidor. Uzoq yillar davomida men Ronaldo, Krishtianu Ronaldu, Inzagi, Batistutalar bilan to'qnashdim. Ularda mana shu tug'ma instinkt bor va bu narsa darvozabonlarni qiynaydi. Ko'rinib turibdi, bu narsa Keynda ham bor", - dedi Buffon.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar