Buffon Kasilyasga murojaat qildi

Eldor Akmurzayev
4 avg 2020, 21:32
Xabaringiz bor, ispaniyalik taniqli darvozabon Iker Kasilyas bugun rasman futbolchilik faoliyatini yakunladi.

“Yuventus” kiperi Janluiji Buffon bu xabarga munosabat bildirib, hamkasbiga javob yo'lladi.

“Odamlar raqobat bizni kuchaytirgani haqida aytishadi. Ehtimol mukammalikka intilganimiz sabab hozirgidek darajaga yetib kelgandirmiz. Rahmat Iker, sen bo'lmaganingda barchasi kam manoga ega bo'lardi”, deya yozgan Buffon.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/gianluigibuffon