Buffon Italiya A seriyasida "quruq" daqiqalar bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi
12 mar 2016 11:00
Yangiliklar
Buffon Italiya A seriyasida "quruq" daqiqalar bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi
Yuventus posboni Janluiji Buffon Italiya A seriyasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan daqiqalar bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi.
38 yoshli posbon Sassuologa qarshi o'yindan keyin 926 daqiqa davomida o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. Uchinchi o'rinda Dino Dzoff bormoqda. U 1972/73 yilgi mavsumda Yuventus safida ketma-ket 903 daqiqa davomida gol o'tkazmagandi. Birinchi o'rindagi Milan sobiq posboni Sebastyano Rossif 1993/94 yilgi mavsumda 929 daqiqa davomida to'p o'tkazmagan.
Fikrlar