Buffon ikkinchi bo'lishni xohlamadi
23 iyu 2021 20:21
Yangiliklar
Buffon ikkinchi bo'lishni xohlamadi
Yaqindagina "Parma"ga kelib qo'shilgan Janluiji Buffon "Barselona" va boshqa top jamoalarga rad javobini bergani malum bo'ldi.
"Menga ikkita yaxshi taklif bo'ldi, ammo yana zaxira o'yinchisi bo'lishni xohlamadim. Ikkinchi raqamli darvozabon bo'lishdan charchadim. Klubga bo'lgan mehrim tufayli "Yuventus"ga qaytgandim, ammo rostini aytsam, endi bu jarayonni takrorlanishini istamayman. Hatto CHempionlar Ligasida o'ynaydigan jamoalardan ham qiziqarli takliflar bo'lgan, ammo "Parma"ga bo'lgan mehrim barcha narsadan ustun keldi", — dedi golkiper "Parma" klubidagi taqdimotida.
Eslatib o'tamiz, 43 yoshli darvozabon B Seriya klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar