Buffon - ECHLda 40 yoshdan oshib o'ynagan 13-futbolchi!
14 fev 2018 01:57
Yangiliklar
Buffon - ECHLda 40 yoshdan oshib o'ynagan 13-futbolchi!
“Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon ayni daqiqalarda davom etayotgan “Tottenxem”ga qarshi ECHL 1/8 final doirasidagi ilk uchrashuvda maydonda harakat qilyapti.
Buffon yanvar oyida roppa-rosa 40 yoshga to'lgan edi. Bu bilan “Yuventus”ning afsonaviy posboni ECHL tarixidagi 40 yoshdan o'tib maydonga tushgan 13-futbolchiga aylandi.
Italiyalik futbolchilardan faqat ikki nafarigagina bu rekordni qayd etish nasib qilgandi. Buffondan tashqari Marko Ballotte (“Lacio”, 43 yoshu 252 kunlik, – bu turnir rekordi) va Paolo Maldini (“Milan”, 40 yoshu 211 kun) ham bu ishni amalga oshirishgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar