So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

Buffon kelajakdagi rejalari, Konte, Sarri va Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi haqida Yangiliklar

Buffon kelajakdagi rejalari, Konte, Sarri va Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi haqida

Jijji Corriere dello Sport nashriga intervyu berdi.

Suhbatning asosiy mazmunini etiboringizga taqdim etamiz:


PSJ zaxirasida o'tirishni istamadi

"Besh oy oldin menga ikkinchi posbon roli tegishini malum qilishdi. Yanvar oyidan buyon barchasini bemalol o'ylab ko'rish va qaror chiqarish uchun etarlicha vaqtim bor edi. Bu menga to'g'ri kelmasligini tushundim. SHartnomani uzaytirib, katta maosh olish imkoniyatidan voz kechdim. Menga chindan juda yaxshi shartnoma taklif qilishgandi. Lekin men uchun hissiyotlar muhimroq. Men shunga o'rganib qolganman. O'zimni muhim inson, kimgadir kerakli his qilishni xohlayman. Bir yil avval bo'lgani kabi men xotirjamman va yaxshi sport formasidaman. Faoliyatim 12 oydan so'ng, yoki 15 kundan so'ng yakunlanishi mumkin. 

Menda etarlicha takliflar bor, lekin qidirayotganimni topa olmasam, bir yil dam olishim ham mumkin. O'qib-o'rganish uchun bir yil. Murabbiylik va sport direktori kurslariga yozilish, biznes bilan shug'ullanish, ingliz tilini mukammalroq o'rganish uchun vaqt. Yangi variantlar paydo bo'lishi uchun o'z ustimda ishlash vaqti".


Antonio Konte sotqin emas

"Uning yulduzchasini olib tashlashni so'rashganidan xabarim bor. Juda yomon taklif. Men Antonio "Yuventus" uchun nimalar qilganini yaxshi bilaman. U ham futbolchi sifatida, ham murabbiy sifatida klubga o'zini bag'ishlagan. Uning har qanday qarori, u qanchalik kutilmagan bo'lmasin, Konte "Yuve" uchun amalga oshirgan ishlar, qilgan mehnatini yo'qqa chiqara olmaydi. 

Konte hech kimga xiyonat qilmadi. U bugun bir jamoaning, ertaga boshqasining gerbini o'padiganlardan emas. U malum loyihaga kirishadi va ishiga ko'p vaqtini sarflaydi. Uning qaytishi – Italiya futboli uchun Maldini, Boban va Sarrining qaytishidek, katta yutuq".


Sarri tanlovi - to'g'ri qaror

"Kim malum shablon bo'yicha ish olib boraversa, natija ham bir xil bo'laveradi. "Yuventus"ga CHempionlar Ligasi kerak. SHuning uchun ular yangilik qilishga, yangi taktikani sinab ko'rishga qaror qilishdi, chunki tarkibni bundanda kuchaytirish mushkul vazifa. 

Sarri – bu revolyuciya ham, tavakkalchilik ham emas. Bu yangi yo'nalishda tashlangan bir qadam".


Ronaldu "Yuventus"ga o'tib, Italiyani tanlagani yo'q

"Ronaldu Italiyani emas, "Yuventus"ni tanladi. "Yuventus" – bu o'zga bir dunyo".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика