So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  4 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Bu yilgi Superligada eng tezkor gol urgan Mo'min Meliev bilan suhbat Yangiliklar

Bu yilgi Superligada eng tezkor gol urgan Mo'min Meliev bilan suhbat

Muborakning “Mashal” klubi ikki yillik tanaffusdan so'ng yana elitaga qaytdi.

Dilyaver Vaniev boshchiligidagi “gazchilar” Superliganing ilk turini o'z maydonida Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga qarshi o'tkazib 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. To'g'risi bunday natijani xatto “Mashal”ning ashaddiy muxlislari ham kutishmagani bor gap. Jizzaxda tug'ilgan Mo'min Meliev shu kuni “Mashal” hujum chizig'ida o'ynadi va 1-daqiqadayoq “So'g'diyona” darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

- Superliganing dastlabki turida "So'g'diyona"ni 3:0 hisobida mag'lub etishinglarni deyarli hech kim kutmagandi. SHu kuni "Mashal" nimaning evaziga g'alaba qozondi deb o'ylaysiz?

- Superligada oson o'yinlar bo'lmasligini barcha yaxshi biladi. Dastlabki turda o'z muxlislarimiz qarshisida Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi maydonga tushdik. Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi jamoa o'tgan mavsum sal qolsa Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin edi. Bu yilgi mavsumdan oldin Jizzax klubi safiga bir qator tajribali va mahoratli futbolchilar qo'shilishdi. Lekin bir jamoa bo'lib bor kuchimiz bilan harakat qildik va xudoga shukur g'alabaga erishdik. Bahsda kim gol urishining farqi yo'q, eng asosiysi "Mashal" g'alaba qozonsa bo'lgani. Muxlislarimiz Superligani ancha sog'inib qolishgani ko'rindi. Ularni keyingi o'yinlarda ham xursand qilishga harakat qilamiz. Stadionga yanada ko'proq muxlislar kelsa ajoyib bo'lardi.




- 2020 yilgi Superliganing eng tezkor golini urdingiz, o'sha lahzada qanday hissiyotlar o'tdi?

- Aytganimdek kim gol urishining farqi yo'q, jamoa yutsa bo'ldi. Uchrashuv boshida o'ng tomondan darvozaga zarba berildi, darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga yo'lladim. O'sha paytda ichimdan qanday hissiyotlar o'tganini so'z bilan tariflab bera olmayman. To'g'risi o'sha lahzada ham, keyin ham eng tezkor gol ekanini bilmagandim.

- Golni Eldor SHomurodov kabi nishonladingiz? U sizning kumiringizmi?

- Albatta, SHomurodov "Mashal" tarbiyalanuvchisi va havas qilsa arziydigan hujumchi. Kelajakda u kabi legionerga aylanishni xohlayman. "Mashal" yulduzlarni etishtirib beradigan klub hisoblanadi.

- O'tgan mavsum PRO-ligada o'ynab ko'plab gollar urdingiz Superligada nechta gol ura olaman deb o'ylaysiz?

- Buni albatta vaqt ko'rsatadi. Superligada ko'p gol urishim uchun ko'proq mehnat qilishim kerakligini juda yaxshi bilaman. Murabbiylar ko'rsatmalarini to'g'ri bajara olsam xudo xohlasa ko'plab gollar uraman.

- PRO-ligada o'ynadingiz, Superligada bitta turda maydonga tushdingiz. Ligalar orasida qanchalik farq bor?

- Bir narsani takidlashni istardim, 2016 yil “Mashal” safida oliy ligada uchta o'yinda maydonga tushganman, yani ko'pchilik o'ylagandek yuqori ligada bu yil debyut qilmadim. Elitaning quyi ligadan farqi bor albatta. Eng asosiy farqlaridan biri bu Superligadagi o'yinlarda tempning yuqoriligi. Jamoalar ham, futbolchilar ham anchayin tajribali va kuchli. Stadionlar ham yaxshiroq.



- Asli jizzaxliksiz “So'g'diyona”ga qarshi bahs siz uchun boshqa o'yinlardan farq qiladimi?

- Barcha o'yinga bir xil tayyorgarlik ko'raman. Lekin “So'g'diyona” bilan bahs boshqacharoqdek tuyuladi. To'g'ri Jizzaxda tug'ilganman, biroq professional futbolchi sifatida hozir o'ynayotgan klubimga foyda keltirishim kerak. Buni muxlislar to'g'ri tushunishadi deb o'ylayman.

- “Andijon”da o'ynayotgan Siroj Meliev sizning akangizmi?

- Hayotda aka-ukadekmiz, lekin faqat familiyamiz bir xil xolos. U bilan tez-tez gaplashib turaman. O'yinlardan oldin fikr almashib turamiz. Bo'yi mendan pastroq bo'lgani uchun yoshi katta bo'lsa ham hazillashib ukam deyman (kuladi).

- Ikkinchi turni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazasizlar, bu o'yindan nimalar kutayapsiz?

- “Bunyodkor” yaxshi jamoa, o'zbek futbolidagi eng kuchli klublardan biri. Bekorga o'tgan mavsum uchinchi o'rinni egallamadi. Ular ham birinchi turda Termizda g'alaba qozonishganidan xabarimiz bor. Biz Toshkentga sayr qilgani bormaymiz va muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatib Muborakka xudo xohlasa ijobiy natija bilan qaytmoqchimiz.

- Mo'min Melievning kelajakdagi orzulari qanday?

- Orzularim juda ham ko'p. Ammo ularni aytmoqchi emasman. Xudo xohlasa qattiq mehnat qilib, sabr bilan barchasiga navbatma-navbat erishmoqchiman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика