So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  17 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  8 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13

Bu turda hakamlarga yana past baho qo'yildi Yangiliklar

Bu turda hakamlarga yana past baho qo'yildi

Oliy liganing 25-tur uchrashuvlari o'z yakuniga etdi. Kecha taqvimdan o'rin olgan uchta bahs bo'lib o'tdi.

Turning markaziy uchrashuvi Buxoro shahrida kechib, bunda "Paxtakor" "Buxoro"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yinda Igor Sergeev va Tiago Bezerra tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi. 

Etiborlisi, mana shu bellashuvda ishlagan hakamlarga nazoratchi tomonidan yana past baho qo'yildi. Ushbu bahs "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatildi va o'yinni ko'rgan muxlislar shu bilan birga hakamlarni ham kuzatishdi. Hakamlarning ayniqsa 33-daqiqada "Buxoro" darvozasi tomon penalti belgilashi hamon ko'plab tortishuvlarga sabab bo'lmoqda.

Bu o'yinni saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov ham bevosita stadionda turib kuzatib bordi va tez orada o'yin tafsilotlari, bahs davomida va undan keyin nima voqealar yuz bergani to'g'risida maqola o'qishingiz mumkin bo'ladi. 

Oliy liga, 25-tur. 21 oktyabr

“Buxoro” (Buxoro) – “Paxtakor” (Toshkent) - 0:2.  18138 tomoshabin. 

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent) - 7,0, T. Galeev (Toshkent) - 6,0, A. Po'latov (Toshkent) - 7,5, I. Ibragimov (Nukus) - 8.

Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

PFL vakili: SH. Rajabov.

Gollar: Igor Sergeev (34, penalti), Tiago Bezerra (90+1)


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика