Bu qiziq. To'p uzatuvchi bolakay xitoylik darvozabonga yordam bergan ekan
12 jan 2015 18:00
Yangiliklar

Bu qiziq. To'p uzatuvchi bolakay xitoylik darvozabonga yordam bergan ekan
Osiyo kubogining ilk turida Xitoy terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan g'alabaga erishganidan xabaringiz bor.
O'yin davomida arablar hisobni ochishlari mumkin edi. Biroq Naif Hazazi penaltidan gol ura olmadi. Xitoylik Vang Dalei 11 metrli jarima to'pidan so'ng to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lgandi.
Qizig'i posbon penalti tepilishidan oldin darvoza ortida turgan bolakaydan qaysi tomonga sakrashni so'ragan. 12 yoshli Stefan Vayt esa unga qarab "chapga tashlan" deb baqirgan. O'sha kuni o'z tug'ilgan kunini nishonlagan Dalei chap tomonga tashlanib qahramonga aylandi. Darvozabon uchrashuv yakunlangach Stefan bilan birga suratga tushib unga minnatdorchilik bildirgan.

Fikrlar