So’nggi yangiliklar

20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  39 20:42Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнмайман. Бу онгли қарор эди"  0 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  3 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  3 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  22 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  13 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  6 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  18 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  2 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  18 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  11

Bu qiziq! Ro'ziqul Berdiev 40 ga yaqin futbolchini katta futbolga olib kirgan (mutolaa uchun) Yangiliklar

Bu qiziq! Ro'ziqul Berdiev 40 ga yaqin futbolchini katta futbolga olib kirgan (mutolaa uchun)

2012 yil boshida "Nasaf" ustoziga aylangan Ro'ziqul Berdiev faqat o'sha yilni hisobga olmaganda (may - noyabr oylarida Usmon Toshev bosh murabbiy bo'lgan) uzluksiz ravishda shu klubda bosh murabbiy bo'lib ishlab kelmoqda.

SHu davr mobaynida ushbu murabbiy qo'l ostida Superligada qancha futbolchi debyut qilgani qiziqmi?

Hisob-kitoblarga ko'ra, Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida 38 futbolchi Superligada debyut qilgan ekan. Eng birinchi debyutant SHohruh Gadoev bo'lgan. U 2012 yil 25 mart kuni Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushgan. O'sha yil so'nggida 21 yoshli Farruh Sayfiev ham Superligada (o'sha paytda Oliy liga deb atalardi) debyut qilgandi.

2013 yilda bugungi kunda "Paxtakor" etakchisiga aylangan Odiljon Hamrobekov O'zbekiston chempionatida ilk bor maydonga tushgandi. 17 yosh 31 kunligida debyut qilgan Hamrobekov o'sha yil elitada maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi.

SHunday qilib 12 yil davomida Berdiev kamida bir nafardan debyutantni maydonga tushiravergan. 2018 va 2020 yillarda murabbiy bir yo'la 7 nafardan yangi futbolchini Superligada maydonga tushirgan. Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida debyut qilgan eng yosh futbolchi hozir BAA chempionatida o'ynamoqda. Azizjon G'aniev 2014 yil debyut qilganida 16 yosh 258 kunlik edi. O'sha yil G'aniev chempionatda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi.

Eng so'nggi debyutantlardan biri o'tgan yilning kashfiyotlaridan biriga aylangan Zafarmurod Abdirahmatov hisoblanadi.

Berdiev qo'l ostida debyut qilganlardan bugungi kunda ham "Nasaf"da o'ynayotgan futbolchilar: Doniyor Narzullaev, G'olib G'aybullaev, Akmal Mozgovoy, Umidjon Ergashev, SHerzod Nasrullaev, Oybek Bozorov, Abduvohid Nematov, Alibek Davronov, Zafarmurod Abdirahmatov.

Malumot uchun, bu erda futbolchilar qaysi klub yoki akademiyadan chiqqani haqida yozilmagan. Aynan Superligada (Oliy liga) ilk bor maydonga tushgan o'zbekistonlik futbolchilar haqida malumot berilgan. Ro'yxatdagi ko'plab futbolchilar "Mashal" akademiyasidan chiqqanini ko'pchilik yaxshi biladi. Lekin elit diviziondagi ilk qadamlar aynan Berdiev qo'l ostida tashlangan.

Legioner futbolchilar ham hisobga olinmagan.


Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida O'zbekiston chempionatida debyut qilgan futbolchilar ro'yxati:

Debyutant - debyut qilgan sanasi (debyut qilgan yoshi)


1.SHohruh Gadoev - 25 mart 2012 yil (20 yosh)
2.Farruh Sayfiev - 21 noyabr 2012 yil (21 yosh)
3.Mirzamurod Jo'raboev - 21 noyabr 2012 yil (18 yosh)
4.Sanjar Baratov - 21 noyabr 2012 yil (20 yosh)




5.Odil Hamrobekov - 16 mart 2013 yil (17 yosh)
6.Ulug'bek Dadaboev - 13 sentyabr 2013 (21 yosh)




7.Doniyor Narzullaev - 11 aprel 2014 yil (19 yosh)
8.Aziz G'aniev - 7 noyabr 2014 yil (16 yosh)




9.Bobir Abdixoliqov - 26 may 2015 yil (18 yosh)
10.SHarof Muhitdinov - 31 may 2015 yil (17 yosh)




11.Islom Rashidxonov - 1 aprel 2016 yil (18 yosh)
12.Dilshod Xushbakov - 28 aprel 2016 yil (20 yosh)
13.Najmiddin Normurodov - 26 avgust 2016 yil (21 yosh)
14.Sirojiddin Qo'ziev - 23 noyabr 2016 yil (20 yosh)

15.Islom Kenjaboev - 4 mart 2017 yil (17 yosh)
16.G'olib G'aybullaev - 22 sentyabr 2017 yil (21 yosh)




17.SHerzod Temirov - 26 aprel 2018 yil (19 yosh)
18.Akmal Mozgovoy - 8 iyul 2018 yil (19 yosh)
19.Umidjon Ergashev - 8 iyul 2018 yil (19 yosh)
20.Dilshod Saitov - 8 iyul 2018 yil (19 yosh)
21.Xudoyorxon Sagdullaev - 8 iyul 2018 yil (19 yosh)
22.SHerzod Nasrullaev - 18 avgust 2018 yil (20 yosh)
23.Oybek Bozorov - 4 noyabr 2018 yil (21 yosh)




24.Jo'rabek Mannonov - 31 mart 2019 yil (22 yosh)
25.Husniddin Aliqulov - 18 aprel 2019 yil (20 yosh)
26.Abduvohid Nematov - 26 aprel 2019 yil (18 yosh)




27.SHohmalik Komilov - 1 mart 2020 yil (20 yosh)
28.Mashhur Muhammadjonov - 1 mart 2020 yil (21 yosh)
29.Murodbek Rahmatov - 14 iyun 2020 yil (18 yosh)
30.Husayn Norchaev - 14 iyun 2020 yil (18 yosh)
31.Muhriddin Zoirov - 17 avgust 2020 yil (21 yosh)
32.Abubakrrizo Turdialiev - 21 sentyabr 2020 yil (19 yosh)
33.Azamat Soibov - 3 dekabr 2020 yil (21 yosh)




34.SHahzod Akramov - 15 aprel 2021 yil (17 yosh)
35.Aziz Xolmurodov - 2 may 2022 yil (18 yosh)
36.Alibek Davronov - 6 avgust 2021 yil (18 yosh)
37.Sardor Sadullaev - 11 sentyabr 2021 yil (23 yosh)




38.Zafarmurod Abdirahmatov - 2 may 2022 yil (19 yosh)

 


 

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика