So’nggi yangiliklar

10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  0 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  2 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  5 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1 07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  2 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  12 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  3 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  7 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  8 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  2 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  1 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  2 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  3

Bu qiziq: Muxlisimizning Bangladeshdagi sarguzashtlari Yangiliklar

Bu qiziq: Muxlisimizning Bangladeshdagi sarguzashtlari

Xuddi kechagidek esimda "Jar" stadionida London Olimpiadasi yo'llanmasi uchun saralashning eng muhim va guruhdagi hal qiluvchi bahsida 2:0 g'alaba qozonib turib tushunarsiz xatolar dastidan 2:3 yutqazganimiz...
Men o'sha kungi o'yinni hech qachon esimdan chiqa olmasam kerak, undan avvalgi Avstraliya bilan o'yinda stadionda ko'tarilgan eng katta bayroqni (2000 kvadrat metr) maxsus tiktirgan edim va ming alam bo'lsin guruhdagi eng oxirgi va hal qiluvchi o'yinda orzular chilparchin bo'ldi...




Bu video sizga qiziq tuyilsa kerak. Haydovchi qo'rqmay qizilga "kirib" bordi...

Mana yana barchasi boshidan boshlandi. O'zim uchun ahd qildim nima qilib bo'lsa ham mana shu U-23 terma jamoamizda qaerda o'ynashidan qatiy nazar qo'llab quvvatlayman.

Barchasi vatan uchun, barchasi g'alaba uchun!!!
Bu yildan barchasi boshqacha bo'ladi!!!
Nafaqat Osiyoda, balkim O'zbekistonda ham!

Yani: Barchangizga malum murabbiylar va klub mutasaddilari xuddi bundan 15-20 yillar avval Turkiya qilgan ishga qo'l tashlashdi, maydon mardlarniki deganlaridek halol o'yin va hech qanday "dogovarnyak" "3+3" yo'q!!!

Osiyoda esa saralash tizimi o'zgardi bundan buyon barchasi Osiyo chempionatlarida hal bo'ladi!!!
Men O'zbekiston, Hindiston, Suriya, va Bangladesh olimpiya termalari uchun Osiyo chempionati saralashi bo'lib o'tadigan jarangdor nomli mamlakat Bangladeshga yo'l oldim.

Avval Bangkokga u erda aeroportda 14 soat bo'lib Bangladesh poytaxti Dakkaga uchdim rosti Dakka meni juda iliq kutib oldi, +42.


Bangkokdagi 14 soatlik kutishdan keyin Bangladesh poytaxtiga etib keldim.


Har bir yurtning o'z fazilati bo'ladi, Bangladeshda esa Bu "fazilatlar" judayam ko'p ekan!
Odamlari juda muloyim va hushmuomala 90 foizidan ko'proq aholi musulmon ekan, aeroportdan chiqqan zahotim ko'p sonli aeroportni qo'riqlayotgan askarlarga ko'zim tushdi va eng qizig'i ularning qo'llaridagi qurollar 70/80-yillarniki judayam eski edi.

Taksiga o'tirib mehmonhonaga borar ekanman shu yoshga kirib bunaqangi tirbandligi g'ayrioddiy avtobuslarni ko'rmagan ekanman.

Ha aytgandek har bir yozganlarimga foto ham ilova qilib boraman, taksi haydovchisi xuddi Lyuk Bessonning "Taksi-6" filmida suratga tushsa arzir ekan mehmonhonaga borguncha bitta ham chorrahada qizil,chiroqqa to'xtamadi, men buni xattoki videotasvirga ham oldim. Mehmonhonagacha bazi bir joylarda tirbandlikda to'xtaganimizda judayam ko'p tilanchilar kelib mashinda o'zga sayyoralik, voy uzr, o'zga yurtlik o'tirganini ko'rib qolsa ana tamom,  “akajon xudo yo'liga sadaqa qeleeeng” booshlanar ekan. 



Bangladeshcha "Fasd fud"


SHahar judayam qarovsiz, bog'larga esa xuddi hech qachon farrosh kirmagandek, bir kishi zo'rg'a sig'adigan velosipedli "taksi"larda 4-5 kishi mo'jizaviy ravishda o'tirib ketayotganliklari hayratlanarli. Eng achinarlisi tozalik va gigienaga umuman befarqlik.

Bir iloj qilib mehmonhonaga etib keldik, taksidan tushishim bilan 6ta qurollangan askar oldimga yugurib kelib mehmonhona ichkarisiga kuzatib qo'yishdi bittasi "chest" berib ham qo'ydi.

Yigitlar bilan ko'rishdim rosti deyarli barchasi hayron qolishdi. Abdurahmon aka shu erga ham keldizmi? Qalay Bangladesh yoqtimi? Ishqilib ertaga qaytib ketmisizmi? shunga o'xshash hazil gaplar bilan kutib olishdi



Odatda ikki qavatli avtobuslarni London ko'chalarida ko'rar edik. Dakkada ham bor ekan, ammo ancha eskirib ketgan...


Vladimir Kozak, Abbos Mahstaliev, Javlon Mirabdullaev bilan suhbat qurdim yigitlarda "nastroy" alo darajada!
Soat 16:00da o'yinoldi mashg'ulotiga bordik yo'l-yo'lakay sizlar uchun suratlar oldim, sababi 26 mart Bangladesh Mustaqilligi kuni ekan kotta yo'lda bayroqlar ko'tarib qo'shiqlar aytib ketayotgan mahalliy aholi bayram qilishayotgan ekan.

Mashg'ulot esa hozirda Bangladesh "Pfl"da birinchi o'rinda ketayotgan "SHayh Jamal" jamoasi bazasida bo'ldi maydon "alo" ha aytgandek biz biroz vaqtliroq kelgan ekanmiz FK "SHayh jamal" mashg'ulot o'tkazayotgan ekan. Bugungi mashg'ulotlarimiz o'yin oldi bo'lganligi uchun yigitlar taktik va ertangi o'yinda kerak bo'lgan mashg'ulotlarni bajarishdi.

Mana birinchi kunim ham oxirlab qoldi! Xudo xohlasa jamoamizga g'alaba qozonish nasib qilsin, ha, siz hozir Hindistonni nimasidan qo'rqamiz har qanaqasiga yutamiz deyishingiz mumkin.

Lekin ular ham "sovg'a" emas, 4ta gollandiyalik murabbiy, futbolchilarini ko'rdim barchasi zabardast 22 yoshga kirgan 30 yoshli yigitlar"dek". CHunki hozir Hindiston avvalgidek Hindiston emas ular harakatni boshlab otni qamchilab yuborishganiga aaaancha bo'ldi!!!

Mehmonxona oldidagi va futbolchilarimizni qo'riqlayotgan askarlarning qurollari esa 50-yillar quroli “kusto hayratda”



Mana o'sha askarlar...

Ha aytgandek barcha avtobuslar ham 60-yillarnikidek va eng qizig'i barchasining ikki yonboshi dahshatli va ayovsiz darajada qirilgan, sababi esa oddiy bir biriga yo'l bermasdan bekatga birinchi borib olish. Undan ham qizig'i bekatda odamlar yurib ketayotgan avtobusga sakrab chiqib olishar ekan...


Abdurahmon Fozilov Dakka shahridan CA uchun maxsus
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика