So’nggi yangiliklar

21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  41 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Bu qiziq. Lyubomir Feysa 9 yilda 10 marta chempion bo'ldi! Yangiliklar

Bu qiziq. Lyubomir Feysa 9 yilda 10 marta chempion bo'ldi!

1988 yilda sobiq Yugoslaviyada tug'ilgan himoyachi Lyubomir Feysa haqida ko'pchilik eshitmagani bor gap.

Biroq Serbiya terma jamoasi azosi 2009 yildan buyon qaysi klubda o'ynasa o'sha chempion bo'lmoqda.

2008 yil Serbiyaning "Partizan" klubi bilan shartnoma tuzgan Feysa bu jamoa safida ketma-ket uch yil (2009, 2010, 2011) davomida chempion bo'ldi.


SHundan keyin futbolchi faoliyatini Greciyaning "Olimpiakos" klubida daovm ettirdi. Bu klubda ham ketma-ket uch bor (2012, 2013 va 2014) mamlakat chempioni bo'lishga erishdi.



2013 yil avgust oyida Portugaliyaning "Benfika" klubiga ko'chib o'tgan Feysa Lissabonda ham uch yil (2014, 2015 va 2016) chempionlik kubogini boshi uzra ko'tardi.

Yuqorida 2014 yilda u ham "Olimpiakos", ham "Benfika" klubida chempion bo'lgani haqida yozdik. Yo'q bu xato emas. Gap shundaki Lyubomir 2013/2014 yilgi mavsumda Greciya chempionatining birinchi turida maydonga tushgan va shundan so'ng Portugaliyaga yo'l olgan. SHu bois unga ham Greciya, ham Portugaliya chempionligi medali taqdim etilgan.


Bu yil ham Feysa "Benfika" safida Portugaliya chempioni bo'ldi.


SHu tariqa, serbiyalik himoyachi oxirgi 9 yil ichida 10 marta chempion bo'ldi!

Bu chempionliklardan tashqari Feysa hisobida 2ta Serbiya kubogi, 2ta Greciya kubogi, bitta Portugaliya kubogi, 3ta Portugaliya liga kubogi va bitta Portugaliya Superkubogi ham mavjud. 2008 yildan buyon futbolchi 19ta sovrinni qo'lga kiritdi.  


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика