Bu qiziq! "Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvlarida penaltidan beshta gol urildi
02 may 2022 22:35
Yangiliklar


Bu qiziq! "Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvlarida penaltidan beshta gol urildi
Bugun U-21 birinchiligidagi uchrashuvlar davom ettirildi.
Unda "Lokomotiv" hamda "Surxon" yoshlari ham kuch sinashdi. Yakuniy hisob 3:1, yosh "temiryo'lchilar" foydasiga.
Ushbu bahsda urilgan 3 gol aynan penaltidan kiritildi. O'tgan ikki bahsda o'yindan yagona urilgan gol esa Anvarjon Alijonov hisobiga yozildi.
"Lokomotiv" U-21 - "Surxon" U-21 3:1
Gollar: Otabek Turobov (59-pen, 1:0), SHarafiddin SHobirov (61-pen, 1:1), Otabek Turobov (67-pen, 2:1), Anvarjon Alijonov (87, 3:1).
Kecha esa Superliganing 6-turida ushbu jamoalarning asosiy tarkiblari bahs olib bordi va unda "Loko" 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu uchrashuvda ham gollar faqat penaltidan keyin kiritildi.
"Lokomotiv" - "Surxon" 2:0
Gollar: Diyorjon Turopov (45+2-pen, 1:0), Kaxi Maxaradze (86-pen, 2:0).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar