Bu qiziq! "Lill"ni chempion qilgan murabbiy iste'foga chiqdi

Mirjalol Normatov
25 may 2021, 23:45
"Lill" bosh murabbiyi Kristof Galte klubdan ketishini ma'lum qildi.

"Qarorni men qabul qildim. Bugun ertalabdan klub prezidenti bilan bo'lgan uzoq vaqtlik muzokaralardan so'ng "Lill"dan ketishga qaror qildim.

Nima deyishni bilmayman. Bu yerdagi vaqtim poyoniga etdi. 4 yillik vaqt etarli bo'ldi. Bu yerdan faqatgina yaxshi xotiralar bilan ketaman", - dedi mutaxassis.

Galte 2017 yilning dekabrida jamoani qabul qilib olib, klubni Liga 1'dan tushib ketishidan qutqarib qolgandi. Ushbu mavsumda esa jamoa chempionlikni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal