So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Bu qiziq! Evro-2020 bonuslari: uni qanday hisoblashadi? Kim qancha ishlab oldi va nimaga sarfladi? Yangiliklar

Bu qiziq! Evro-2020 bonuslari: uni qanday hisoblashadi? Kim qancha ishlab oldi va nimaga sarfladi?

Italiya g'alabasi uchun 34 mln oldi, daniyaliklar esa pulning bir qismini xayriya qildi. Qolgan jamoalarchi?

Evro-2020 — bu nafaqat sovringa ega bo'lish, balki milliy associaciya uchun yaxshigina pul ishlab olish ham deganidir. UEFA turnirga chiqqan barcha jamoaga pul to'laydi. Pul mukofoti miqdori jamoaning muvaffaqiyatiga bog'liq.

Pul mukofoti qanday hisoblanadi?

Mukofot fondining umumiy summasi 331 mln evroni tashkil qildi. Koronavirus va uchrashuvlarni tashkil qilish bo'yicha xarajatlar ko'paygani tufayli kutilgan summa 11%ga tushib ketdi. Bu 2016 yilga nisbatan 30 mln ko'p degani.


Har bir uchrashuv uchun mukofot puli:
G'alaba — 1,5 mln evro
Durang — 750 ming evro

Turnirdagi yutuqlari uchun mukofot:
Turnirda ishtirok etgani uchun — 9,25 mln evro
1/8 final — 2 mln evro
1/4 final — 3,25 mln evro
1/2 final — 5 mln evro
Finaldagi mag'lubiyat uchun — 7 mln evro
Finaldagi g'alaba uchun — 10 mln evro

Birovning cho'ntagini kavlash, pulini hisoblash yomon odat, bilamiz. Ammo keling buni hozir biroz unutib, turnirda kim qancha ishlab olganini ko'rib chiqamiz.


Evro-2020 jamoalari uchun mukofot pullari


Pullarni nimalarga sarflashdi? Daniyaliklar uni xayriya qildi

Biz federaciyalar Evrodagi ishtiroki uchun qancha pulga ega bo'lganini bilamiz. Bazilari pulning bir qismini futbolchilarga bo'lib berdi: kimdir pulning bir qismini shunchaki vada qilgan bo'lsa, kimdir aniq qandaydir vazifani bajargan taqdirdagina mukofot berishini aytgan ekan. 

Italiya — mukofot pulining 20-22%i (taxminan 7 mln evro — yoki har bir kishiga 250 mingdan). Terma futbolchilari irim tufayli finalga chiqish va g'alaba uchun aniq summalarni yozdirishmagan.

Ispaniya va Germaniya — har bir g'alaba uchun o'yinchilarga 400 ming evrodan vada qilishgan.

Angliya — futbolchilar 11 mln evro bonusga ega bo'lishdi. Xenderson va Maguayr pulni Buyuk Britaniyaning Milliy sog'liqni saqlash xizmati (NHS)ga berishni allaqachon kelishib olishdi.



Daniya — hamma uchun 6 mln evro. SHunga qaramay, daniyaliklar pulning bir qismini xayriya loyihalari hisobiga o'tkazdilar: mamlakatda ommaviy sportni rivojlantirish uchun 5 mln kron (taxminan 672 ming evro) va muxlislar loyihalari uchun 1 mln kron (taxminan 134 ming evro). Ammo bu raqamlar chorak finaldan oldin edi. Undan keyin jamoa yana 8 mln evroga ega bo'ldi.

Portugaliya — Evroga chiqqani uchun mukofot pulining yarmini havaskor futbolga berdi (4,7 mln).

Rossiya va Polsha — 0. Rossiya futbol ittifoqi faqatgina guruhdan chiqqani uchun mukofot puli berishni vada qilgan edi. Lekin futbolchilar buning uddasidan chiqolmadilar va puldan quruq qoldilar.

Ukraina — Ukraina futbol associaciyasi rahbari raqamlarni elon qilmadi, biroq mukofot puli maksimal darajada bo'lishini aytgandi. Andrey Yarmolenko pulning hammasini bemor bolakaylarni davolash uchun beradi. Aleksandr Zinchenko mukofot pullarini hammasini germaniyalik plastik xirurg Klaus Eksnerning Lvovga kelish xarajatlarini to'lab beradi. Mutaxassis bir hafta davomida tug'ma va kuyishdan jarohat olgan bolalarni operaciya qiladi.

Slovakiya — mablag'ning uchdan bir qismini (3,6 mln evro) futbolchilarga, yana shunchasini bolalar futbolini rivojlantirishga yo'naltirildi. 

SHimoliy Makedoniya — bonusning aniq summasi malum bo'lmasa-da, bu allaqachon mojaro kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Goran Pandev jamoa Evroga chiqqani uchun berilgan pulning bir qismini federaciya rahbariyati o'zida olib qoganini aytib, shikoyat qildi: "Rahbariyatning aytishicha, ular saralash bosqichida va turnirga chiqishda qatnashishgan emish. Aytingchi, bunga qanday ishonish mumkin? Bu pullar bolalar maydonchalari qurish, jihozlar sotib olish, yoshlar sektorini rivojlantirish va bolalar futbol o'ynashini taminlash uchun sarflanishi kerak edi..."


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика