So’nggi yangiliklar

00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  4 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  5 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1

Bu qiziq, Dohadagi bugungi kun... Yangiliklar

Bu qiziq, Dohadagi bugungi kun...

Bugun O'zbekiston - Iroq olimpiya terma jamoalari o'rtasida navbatdagi tur uchrashuvi bo'lib o'tishi sabab biroz bo'sh bo'ldik.

Aslida bo'sh bo'ldik deb aytish ham noto'g'ri bo'lardi. Bu safargi kundalikni birinchi marta video shaklida berayotganimiz uchun navbatdagi syomkani o'tkazish uchun, Doha qirg'oqlaridan biriga borishga harakat qildik. Kecha Dohada bo'lib turgan muxlislar bilan kelishgan holda, ulardan biri bugungi kunimiz qahramoni bo'ldi.

Zafar Qosimovning ozroq ishi borligi tufayli bu jarayonda ishtirok etmasligini bildirdi. Qolganlar esa tayyor edik. SHu tariqa Akramjon Mamadaliev, Davron Fayziev, Hasan Pirmuhammedov, men va Tolibjon Qosimov ishimizni boshlab yubordik. Qirg'oq yaqiniga borgach, o'sha erda turgan kema taksilardan narx-navoni o'rgana boshladik. 250 realdan boshlagan boshqaruvchilar, 100 realga ko'nib bizni Doha markazi tomon suzdirib ketdilar. Aynan shu erda ish jarayoni ham boshlandi.

Akramjon aka, men va Tolib kundalik uchun ishladik. Qahramonimiz - "Qo'qon-1912" jamoasining ashaddiy muxlisi, Mahmudxo'ja aka. U kishini tanlashimizga sabab, 2011 yilda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida ham Qatarga tashrif buyurganlari bo'ldi. Biz bilan parallel ravishda Davron Fayziev "Sport TV" uchun lavha tayyorladi, Hasan Pirmuhammedov esa tabiat manzaralarini suratga oldi.

Doha kichik shahar bo'lgani bilan, o'z ichiga juda ko'plab sport inshootlarini oladi. Yaqinda mazkur shaharda gandbol va boks bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tgandi. Gandbol uchun qurilgan maxsus arena uch qavat bo'lib, o'z ichiga bir nechta zalni oladi.



Davron Fayziev va Mahmudxo'ja aka syomka jarayoniga yo'l olishyapti



Men va Tolibjon Qosimov (junior) svetoforda navbatimizni kutib turibmiz. Dohadagi katta chorrahalarda svetofor 7 daqiqadan kam bo'lmagan vaqtda o'chib yonadi



Istagan paytingizda Doha ko'chalaridan o'rin olgan mana shunday mashg'ulot maydonchalarida jismoniy mashqlarni bajarishingiz mumkin



2011 yil Doha ko'chalariga suniy qoplamali o't to'shalgandi. Bugungi kunda suniy maydonlarni, tabiiy maysalar egallabdi. Maysalarga alo baho bersangiz bo'ladi. Quyosh botgach, Qatarga ishlagani kelgan havaskorlar o'rtasida futbol uchrashuvlarini ko'rishingiz mumkin. Maysalar esa doimiy ravishda bir tekis o'rib boriladi



100 yillik surat o'rtasidagi farq



JCH-2022gacha shahar yanada baland binolarga ko'paysa ajablanmaymiz



Bu esa Dohaning yuzlaridan biri. Spiral shakldagi minora sayyohlar tashrif buyuradigan asosiy maskanlardan biri hisoblanadi



Bir shingil xanda... SHu suratga izoh bering, qaysidir film yodingizga tushmadimi?

Nodirxo'ja Yuldashev

Doha, Qatar

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика