Bu yil "Paxtakor"dan chempionlikni kutamizmi?
08 apr 2014 16:51
Yangiliklar

Bu yil "Paxtakor"dan chempionlikni kutamizmi?
Oliy ligada 4-tur bahslari ortda qoldi. Dastlabki to'rt tur yakunlariga ko'ra, yuz foizli natija qayd etgan jamoa birgina “Paxtakor” bo'ldi.
Uchta o'yinni safarda va bitta uchrashuvni o'z maydonida o'tkazgan jamoa bellashuvlarning hammasida g'alabaga erishdi. Bo'lib ham mana shu to'rt o'yinda o'z darvozasidan atigi bitta gol o'tkazib yubordi. Bu esa jamoaning joriy mavsumni barqaror boshlaganidan darak beradi.
“Paxtakor” 2012 yil chempionlikni qo'lga kiritgandi, o'tgan yil esa sovrinsiz qoldi, yani jamoa to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi. Rahbariyat buning uchun bosh aybdor sifatida Murod Ismoilovni ko'rsatdi va murabbiyning boshqa klubga ketishiga ruxsat berdi. Murod Ismoilov jamoani tark etgach, muxlislarda endi “Paxtakor”ni kim boshqararkin degan xavotir uyg'ongan bir paytda klub bosh menejeri Samvel Babayan katta sahnaga chiqib, darhol jilovni o'z qo'liga oldi. Rahbar bundan buyon jamoani o'zi boshqarishini va natija uchun ham o'zi javob berishini rasman malum qildi.
Darhaqiqat, “Paxtakor” muxlislarining klub bosh menejeri – bosh murabbiy Samvel Babayandan umidi katta. 10 yildan oshiq vaqt mobaynida klub tizimida ishlab kelayotgan Babayan uchun “Paxtakor” besh qo'ldek malum. Qolaversa, Samvel Vyacheslavovich rahbar bo'lib ishlashdan tashqari vaqt topib “Pro” licenziyasiga ham o'qidi va endilikda bemalol bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, murabbiylik kasbi nihoyatda og'ir, Samvel Babayan ehtimol hozircha qiyinchilikni his qilmayotgandir, biroq mavsum o'rtalariga borib bir qator muammolarga o'ralashib qolishi ham hech gap emas.
“Paxtakor” dastlabki ikki turni vodiyda o'tkazdi va avvaliga “Andijon” (1:0), keyin “Neftchi”ni (2:1) mag'lubiyatga uchratdi. O'z maydonidagi ilk o'yinni “Qizilqum”ga qarshi o'tkazgan “sherlar” kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yindagi yagona gol Kaxi Maxaradze hisobiga yozildi. Oxirgi turda “Mashal” bilan kechgan bahsda esa Jamshid Iskanderov gol muallifi bo'ldi. Avvalgi ikkita o'yinda Boyan Miladinovich, Vladimir Kozak, Stanislav Andreev singari futbolchilar to'p kiritishgandi. Etibor berayotgan bo'lsangiz, “Paxtakor” tarkibida hozircha hujumchilardan hech kim gol urgani yo'q. Bu ham Samvel Babayanni xavotirga solishi turgan gap. To'g'ri, futbolda kim gol urishi unchalik ahamiyat kasb etmaydi, muxlislar uchun avvalo g'alaba kerak, ammo hujumchi degani ketma-ket o'yinlarda to'p kirita olmasa, bundan achchiqlanish, ruhiy o'ksinish yuzaga keladi, bu esa jamoa o'yiniga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin.
Bugungi kunda “Paxtakor”ning eng optimal tarkibi quyidagicha bo'lib qoldi. Darvozani odatdagidek Aleksandr Lobanov qo'riqlayapti. Himoya markazida Boyan Miladinovich bilan Egor Krimec, qanotlarda esa Davron Hoshimov va Aleksandr Merzlyakov to'p surmoqda. O'tgan yil himoyada to'p surgan Akbar Ismatullaev bu yildan tayanch nuqtasiga ko'chirildi. Lekin tanyachda harakat qilish unga ko'p ham mos kelmayotdek. Akbar ko'proq himoyaga o'rganib qolgan ekan. Yarim himoyaning qanotlarida Stanislav Andreev bilan Jamshid Iskanderov ancha faol. SHuningdek, maydon markazida Kaxi Maxaradzedek etakchi bor. Maxaradzega Vladimir Kozak yaqindan yordam berib kelayotgan bo'lsa, hujumda birgina Igor Sergeev to'p suryapti.
SHuningdek, jamoa zaxirasida o'yinni kuchaytirishi mumkin bo'lgan Anvar Soliev, Timur Hakimov, SHerzod Karimov, Kamoliddin Tojiev kabi o'yinchilar bor. Oliy ligamiz saviyasidan kelib chiqib aytganda “Paxtakor” namoyish etgan futbol chakki emas. Ammo Osiyo chempionlar ligasi nazari bilan qaraganda jamoaning o'yin uslubi birmuncha g'arib. Masalan, jamoada Jamshid Iskanderovga yaxshi bir tandem kerak, ammo shunday futbolchi ko'zga tashlanmayapti. Misol uchun “Manchester Siti”da Serxio Agueroni doimiy ravishda Samir Nasri, David Silva singari o'yinchilar qo'llab turishadi. “Paxtakor”da esa aksar hollarda Iskanderovning bir o'zi yakkalanib qolayotgandek. Agar uni biror bir futbolchi to'ldirib tursa bormi, “Paxtakor”ni to'xtatib qolish boshqalar uchun nihoyatda qiyin bo'ladi.
“Paxtakor” 4-tur bahsini safarda “Mashal”ga qarshi o'tkazdi va shu o'yinni bevosita stadionda kuzatishga muvofiq bo'ldik. “Mashal”ning maydoni ayni paytda yomon ahvolga kelib qolgani uchun o'yin juda qiziqarli kechdi deb bo'lmaydi. “Paxtakor”ning natija uchun to'p tepgani ko'rinib turdi. Lekin jamoa shunchaki vaqtni o'tkazish uchun harakat qilgani yo'q. Mana shunday ayanchli maydonda ham futbolchilar pas bilan o'ynashga intilishdi. Bunda ayniqsa Iskanderovning harakatlari faol bo'ldi.
O'yindan keyin “Mashal” bolalar-o'smirlar futbol maktabida ishlayotgan ukrainalik murabbiy Nikolay Lapa shunday dedi: “Paxtakor”ning kuchli ekanligi bilindi. Menga ayniqsa Iskanderovning o'yini juda yoqdi. To'g'risini aytsam, shu paytgacha Muborakka kelgan raqib jamoalar safida Iskanderovga o'xshagan futbolchini ko'rmagan edim. Bu yigit haqiqiy istedod ekan”. CHindan ham, Jamshid - iqtidorli futbolchi. Undan kelajakda terma jamoamizning asosiy futbolchisi chiqishiga ishonsa bo'ladi.
Bahs yakuniga etgach, odatga ko'ra matbuot anjumani tashkil etildi. Unda birinchi bo'lib ishtirok etgan Samvel Babayan jamoasining o'yinidan qoniqqanini aytib o'tdi. Bizda Babanyaga beriladigan ikkita savol bor edi va fursatdan foydalanib shu savollarni berib oldik. Birinchi savol quyidagicha bo'ldi: “Jamoangiz to'rtta o'yinda faqat bitta gol o'tkazdi. SHundan kelib chiqib himoyachilarning o'yinidan qoniqyapsizmi?”
Samvel Vyacheslavovich bu savolga tezda javob bersa kerak deb o'ylagandik, biroq “Paxtakor” bosh menejeri bir muddat o'ylanib qoldi. Keyin esa har bir murabbiy qo'l ostida Krimec, Merzlyakov, Miladinovich, Hoshimov singari himoyachilar to'p tepishini xohlashini aytib o'tdi. Va so'zining oxirida men himoyachilarimiz ko'rsatayotgan o'yindan mamnunman dedi. Babayan aytganidek, nomlar borasida “Paxtakor” himoyasi chakki emas. Biroq o'yin paytida himoya to'rtligining bir-birini to'liq tushunib to'p surishi uchun nimadir etishmayotgandek. Balki, bu holat yana bir nechta turdan so'ng ko'rinmay qolishi mumkin.
Ikkinchi savol esa “Bunyodkor” bilan bog'liq bo'ldi. Yani, Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor”dan ketgani va klub hozircha bosh murabbiysiz qolgani “Paxtakor” foydasiga xizmat qiladimi? Axir bu jamoalarning bir-biriga ashaddiy raqib ekanligi malum. Samvel Babayan bu savolga javob berar ekan, chempionlik uchun kurashda birgina “Bunyodkor” bilan emas, balki oliy liganing 13ta jamoasi bilan bahs olib borishga to'g'ri kelishini va Qosimovning “Bunyodkor”dan ketgani “Paxtakor” uchun hech qanday ijobiy va salbiy tomonlari yo'qligini aytdi. Yani, u kishining fikricha, “Paxtakor” har bir turda o'z o'yinini namoyish etsa bo'lgani, shunda jamoa raqiblardan ilgarilab ketaveradi. Bu esa klubni navbatdagi chempionlik sari etaklasa ajab emas. Lekin bu yoqda “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Olmaliq”, “Bunyodkor” singari chempionlikni xohlayotgan boshqa jamoalar borligini unutmaylik. Xo'sh, endi ayting-chi, mana shunday raqobat uchun ham oliy ligani diqqat bilan kuzatish arzigulik emasmi?
Xayrulla XOLIQOV.

Fikrlar