So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  1 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  11 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  13 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  37 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  14 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  274 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

Bu hali rekord emas - "Neftchi"ning O'zbekiston chempionatidagi mag'lubiyatsiz seriyalari haqida Yangiliklar

Bu hali rekord emas - "Neftchi"ning O'zbekiston chempionatidagi mag'lubiyatsiz seriyalari haqida

Teglar :  Neftchi Superliga
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bu yil Superligada dadil qadamlar bilan oldinga intilishda davom etmoqda.

Jamoa bu mavsumda hali mag'lubiyatga uchraganicha yo'q. SHu o'rinda ko'pchilikda "Neftchi"ning 10ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasini rekord, degan fikrlar uyg'onayotgani bor gap. Lekin rekordgacha juda va juda masofa uzoq. Quyida bu borada batafsil malumot beramiz. Dastlab bir mavsumdagi ko'rsatkichlariga to'xtalamiz. 



— "Neftchi"ning Superligadagi eng yaxshi mavsumi 1994 yilga borib taqaladi. Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi "chinorlar" o'sha mavsumda mag'lubiyat nimaligini bilmagan va barcha 30ta turni yo'qotishsiz o'tkazgan, 21ta g'alaba, 9ta durang qayd etgan holda chempionlikni qo'lga kiritgan. 

— 1993 yil jamoa 6 apreldan 29 sentyabrgacha bo'lgan oraliqda 21ta uchrashuvda raqibiga uch ochko olishiga yo'l qo'ymagan. Bu mavsumda ilk mag'lubiyatini "Nurafshon"dan qabul qilib olgan (0:2). SHundan so'ng ketma-ket 21ta bahsni mag'lubiyatsiz o'tkazgan. Bu seriyaga 24-turda "Paxtakor" barham bergan va Toshkentda kechgan bahsda 5:4 hisobida g'alaba qozongan. Farg'ona jamoasi mavsumni chempion sifatida tugatgan, 24 g'alaba, 4 durang, 2 mag'lubiyat. 



— Bir mavsum davomidagi eng yaxshi yana bir seriya 2007 yilda bo'lgan 2007 yilda bo'lgan. "Neftchi" mavsum startidan 13-turgacha mag'lubiyatsiz seriya ko'rsatgan, deya olamiz. Qizig'i bunda ham "Neftchi"ni to'xtatish cheki "Paxtakor"ga nasib qilgan (4:0). Klub finishga 19 g'alaba, 4 durang, 7 mag'lubiyat bilan 4 bo'lib etib kelgan. Agarda 2006 yil 16 sentyabridan 2007 yil 9 iyun sanasigacha bo'lgan davrni hisobga olsak jami 20ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya borligiga guvoh bo'lamiz. 

— Hozirga qadar so'nggi sovrinli o'rinni qo'lga kiritgan 2008 yilgi mavsumda 12 apreldan 20 sentyabrgacha 17ta bellashuvda uch ochko yo'qotmagan. Bu seriyaga "Navbahor" 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan nuqta qo'ygan. Jamoa Rivaldosi bor "Bunyodkor", Odil Ahmedov, Geynrixlari bor "Paxtakor"dan so'ng turnir jadvalida 3 o'rinni qo'lga kiritgan. Bu jamoaning o'z tarixidagi yagona bronza medali hisoblanadi. Mavzuga aloqador bo'lmasada qiziqarli fakt 2008 yil "Bunyodkor" faqat bitta uchrashuvda imkoniyatni boy beradi, u ham bo'lsa Farg'onada "Neftchi"ga (1:2). 



— Vitaliy Levchenko shogirdlari bu mavsumda Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi bo'yicha 2015 yilgi natijasini yangiladi. O'shanda farg'onaliklar ketma-ket 8ta turda mag'lubiyatga uchramagan. Ilk mag'lubiyatni esa Toshkentda "Paxtakor"dan qabul qilib olgan (0:2). Murod Ismoilov boshchiligida farg'onaliklar o'sha yili jadvalda kuchli beshtalikka kirishga muvaffaq bo'lgan. Bu esa 2015 yildan keyingi Superligadagi eng yaxshi natijasi bo'lib turibdi.


Biz faqat eng uzun seriyalarni keltirdik, xolos. To'g'irlab ketaman, o'tgan mavsum so'nggi ikki turini ham qo'shsak "Neftchi"da mag'lubiyatsiz o'yin 12tani tashkil qiladi. Lekin biz ko'proq bir mavsumdagi seriyalarni hisobladik.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика