So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Ливерпуль" - "Лестер". Асосий таркиблар маълум!  1 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  2 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  3 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  11 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  29 21:34АПЛ. "Вулверхэмптон" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблар маълум!  15 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  9 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  32 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33 19:10АПЛ. Тез орада бошланадиган "Челси", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоалар иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 18:48"Шўртан": Суперлигага тайёргарлик давом этмоқда  1

"Bu g'alaba biz uchun syurpriz bo'lmadi. Sanjar Tursunov penaltini sherigiga berib, qanday sardor ekanligin ko'rsatdi" - Aleksandr Stoymirovich Yangiliklar

"Bu g'alaba biz uchun syurpriz bo'lmadi. Sanjar Tursunov penaltini sherigiga berib, qanday sardor ekanligin ko'rsatdi" - Aleksandr Stoymirovich

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida...

- "Olimpik" bilan o'yindan keyin bu uchrashuvga tayyorlanishga vaqtimiz kamroq bo'ldi. "Paxtakor"ning "Nasaf" bilan o'yinini kuzatdik. "Nasaf" ham biz kabi  o'yin ko'rsatadi, biz kabi sxemada o'ynaydi. Yordamchim Marko Bayich bilan o'sha o'yinga bordik va ko'p narsalarni ko'rib oldik. Vaqtimiz ko'p emasdi. Bugun ko'ringanidek yigitlar bilan o'yinga yuqori darajada tayyorlana oldik. Bu safar biz o'yin sifatimizni ko'tara oldik. Natija nuqtai nazaridan bu ijobiy ko'rinishi mumkin. Biroq keyingi safar bunday hisobda yuta olmasligimiz mumkindir. "Metallurg" bilan o'yindan keyingi matbuot anjumanida aytganimdek, "Lokomotiv" yangi jamoa qurmoqda. CHempionat davomida jismoniy holatimizni yaxshilab boramiz. Bugungi uchrashuv orqali yigitlar sifatni bir pog'ona yaxshilab olganini ko'rsata olishdi. Biroz bo'shashib, ruhiy tomonlama o'yinga yuqori darajada tayyorlanishdi. Taktika nuqtai nazaridan "Olimpik" bilan o'yindagi holat o'zgarmadi. Faqatgina o'zimizga muammo keltirishi mumkin bo'lgan narsalarni olib tashladik. Futbolchilar ko'p texnik xatolarga yo'l qo'yishadi. SHu sababli ularni ruhan tayyorlash kerak bo'ldi. Yigitlarni tabriklayman, ular bu o'yinda haqli g'alabaga erishishdi. Harakat qilishdi va yuqori daraja namoyish qila olishdi. Takrorlayman, bu safar uchta gol urgandirmiz, keyingi o'yinda bunday bo'lmasligi mumkin.

- Amaldagi chempionni yirik hisobda mag'lub qilish Siz uchun nimani anglatadi?

- O'tgan matbuot anjumanida aytganimdek, ushbu mavsumda jamoalarning darajasi bir-biriga yaqin. Balki bu mavsumda syurprizlar ko'p bo'lishi ham mumkin. Lekin bu natija biz uchun syurpriz bo'lmadi, bu uchrashuvga jiddiy tayyorlandik va g'alaba qozonishni o'yladik. "Paxtakor"ni hurmat qilamiz, ular O'zbekistondagi eng katta klub. Lekin biz "Lokomotiv"miz, har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz. Qayd etishim kerak, bugun Jahongir Hoshimboev debyutini amalga oshirdi. SHuningdek, Abdulloh Yo'ldoshev birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Lazizni ham o'yinga tushirdik. Bu yosh yigitlar sekinlik bilan qo'shib borishmoqda, o'yin tizimiga mos tushib borishyapti. SHunisi xursand qiladiki, klubning o'zidan jamoani kuchaytira oladigan yosh futbolchilar ko'payib bormoqda. SHuningdek, jamoa sardorining maydonga tushishi va kuchi, darajasi ham biz uchun katta plyus. Sanjar Tursunov nafaqat sifatli futbolchi, balki, yaxshi inson hamdir. Bugun bu yaqqol ko'rindi. Bugungi g'alaba bilan rahbariyatni tabriklayman. "Lokomotiv" 4 mavsumdan buyon mag'lub eta olmayotgan edi. Bu g'alaba o'tdi, ishlashda davom etish kerak. Hali ishlanishi kerak bo'lgan narsalar juda ko'p. Har birini kichik detallarigacha o'rganib chiqamiz va har kuni bu borada ishlaymiz. 

- Vadim Abramovning bir gapi bor: "Raqib qanday imkoniyat bersa, jamoa shunday o'yin ko'rsatadi". Bugun "Paxtakor" "Lokomotiv"ga shunday o'yin ko'rsatishi uchun imkoniyat berdimi yoki "Lokomotiv" rostdan ham raqibidan kuchliroqmidi?

- Bilasizmi, har bir jamoa imkoniyatidan kelib chiqadi. Bu o'yinga eng avvalo himoyani yaxshi tayyorladik. Rejalarni tuzishda qanday himoyalanishimiz, qay tariqa pressing qilishimiz, pressingni qaysi hududda qaysi futbolchilar qilishigacha o'ylab chiqdik. Birinchi bo'limda buni juda yaxshi amalga oshirdik. Ahamiyat bergan bo'lsangiz, bugun "Paxtakor" ko'p ham oldinga chiqmadi, chunki ular biz istalgan paytda hujum yo'nalishini o'zgartira olishimizni bilishdi. Yigitlar hafta davomida ishlangan, o'zlari aytishgan barcha ishlarni qilishdi va birinchi bo'limda 100 foizga buni amalga oshirishdi. Balki taktikada 0,01 foizga xato bo'lgan bo'lishi mumkindir. Raqib qanday imkoniyat bersa, shunday o'yin ko'rsatamiz degan stereotip iboraga qo'shilaman. Lekin birinchi bo'limda "Paxtakor"ga umuman imkoniyat bermadik. 

- Ushbu g'alaba Sanjar Tursunovning effekti evaziga bo'ldi desa bo'ladimi?

- Albatta. Sanjar biz uchun muhim figura. Inson va futbolchi sifatida biz uchun etakchi. Yoshi katta bo'lishiga qaramasdan hali ham yuqori darajada o'yin ko'rsatmoqda. Bu mashg'ulotlar samarasi. U bizning taktikaga ham moslashib bo'ldi, qanday kelishgan, ishlagan bo'lsak, barchasini to'g'ri bajardi. Bugun esa uning sifatlari bizga muhim g'alabani keltirdi. To'g'risi, bugun barcha yigitlar zo'r o'ynashdi. Birinchi bo'limda yigitlar nimalarni taxlil qilib, o'rganib chiqib, ishlab, sayqallagan hammasini qila olishdi. Tabiiyki, ikkinchi bo'limda biz biroz ortda bo'ldik, raqibni kutdik va qarshi hujumlarda ushlamoqchi bo'ldik. Qaerda to'pni kutib olish, olib qo'yish va ushlab turish kerak bo'lgan bo'lsa, qila oldik. Biz agressiv futbol ko'rsatishni istaymiz, bu himoyaga ham, hujumga ham tegishli. Biz selekciya ishlarida ham tezkor futbol ko'rsata oladigan futbolchilarni tanladik. Ivan Bulatovich, Sardor Abdunabiev, hatto Sanjar Tursunovga qarang, tezlik uchun o'ynashmoqda. Uning sprinti ham juda yaxshi. Bugun markaziy himoyachilar ham g'alabada katta hissa qo'shishdi. Ular raqiblari bilan yonma-yon bo'lishdi. "Paxtakor" ikkinchi golga qadar sxemasini o'zgartirmadi, keyinchalik to'rttalik taktikaga o'tishdi. Demak, ular ham 25-30 daqiqa mobaynida raqiblari bilan yonma-yon bo'lishga harakat qilishdi. Abdulazizxon Abdurashidov hamda Muhammadanas Hasanov ham himoyada, ham hujumda yuqori darajada o'ynashdi. 

- Dastlabki ikki o'yinda Suhrob Sultonov darvozani qo'riqladi. Bugun esa Abdumavlon Abdujalilov. Savolim shundan iboratki, ayrim murabbiylar har ikki o'yinda darvozabonni almashtirishni istashadi. Sizning bu boradagi principingiz qanday?

- Sultonov o'tgan ikki o'yinda darvozasini juda yaxshi qo'riqladi. Unga hech qanday etiroz yo'q. Bazida Suhrob ruhan biroz toliqib qoladi. SHu sababli u baqirib, boshqalarni ham ko'proq tashvishlantirib qo'yishi mumkin. U professional sifatida har bir metr yopiq bo'lishini istaydi. Abdumavlon esa juda xotirjam va bu himoyaga yanada xotirjamlikni olib kiradi deb hisobladik. U futbolchi sifatida o'yinlarga tayyor edi. Unda oldinroq jarohat bor edi, o'ng oyoq tizza bog'lamlarini jarohatlab olgandi. SHu bois dastlabki ikki turda uni xavf ostiga qo'ymadik va mana uchinchi turda imkoniyatini oldi va bundan to'laqonli foydalandi. Bizda ikki nafar bir xil darajadagi posbonlar bor va ular raqobat qilishmoqda. Aynan ulardan qaysi birining darvozani qo'riqlashini farqi ham yo'q.

- FIFA kunlari sababli ikki haftalik tatil boshlanmoqda. Rejalar qanday?

- 21 mart kuni "Paxtakor" bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazamiz. Kuchli raqib bilan yana bir marta o'ynashni istaymiz. Hozir jamoaga uch kunlik dam beriladi. Oldinda bizni "Qizilqum"ga qarshi safar o'yini kutib turibdi. Bu juda mehnatkash va faol jamoa. O'yinga maksimal jiddiy tayyorlanishimiz kerak. "Qizilqum"ni o'rganib chiqib, barchasini taxlil qilib boramiz.

- Bosh hakam 11 metrlik jarima belgilaganda penaltini tepishni kim tanlamoqda? Sizmi yoki yigitlarning o'zimi?

- Biz Sanjar Tursunovni tanlagandik. Lekin u Damyan Krayishnikka yo'l berdi va etakchi, inson sifatida qandayligini yana bir bor ko'rsatdi. "Sen tep, gol urding, senga ishonaman" dedi. Bu haqiqiy sardorning gapi bo'ldi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика