Bu dahshat! Benzema so'nggi 7 o'yinidagi 12-golini urdi!
07 apr 2022 00:38
Yangiliklar


Bu dahshat! Benzema so'nggi 7 o'yinidagi 12-golini urdi!
Ayni damda "Real" ECHL chorak finali doirasida "CHelsi" mehmoni bo'lmoqda.
Uchrashuvning 21 va 24-daqiqalarida Karim Benzema dubl qayd etib, hisobning 0:2 bo'lishini taminlab turibdi.
Qayd etish kerak, franciyalik forvard so'nggi 7 o'yinidagi 12-golini urdi. Bunga qadar u "Selta" va "Malorka"ga ikkitadan, "Real Sosedad", "Rayo Valekano" va "Alaves"ga bittadan gol urgan bo'lsa, PSJ darvozasini uch marta aniq nishonga olgandi. Hozir esa u birinchi taym yakunlanmasidan "CHelsi"ga ikkita gol urdi.
21 mart kuni esa u "Barselona"ga qarshi o'yinni jarohati sababli o'tkazib yuborgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar