"Bu bizning sport uchun sharmandalik" – Liviya termasi ustozi Eron va Franciyani kelishilgan o'yinda aybladi
24 sen 22:19
Yangiliklar
"Bu bizning sport uchun sharmandalik" – Liviya termasi ustozi Eron va Franciyani kelishilgan o'yinda aybladi
O'zbekistonda o'tkazilayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionatida yana bir katta nizo kelib chiqdi.
"F" guruhi uchinchi turida Franciya va Eron terma jamoalari ochiqchasiga g'alaba qozonishni istamasdan o'ynashdi. Uchrashuvning videotakrorlarida Eron terma jamoasining o'zi "istamay" qilayotgan hujumini Franciya futbolchilari ochiqchasiga o'tkazib yuborgani ko'ringan. Bu o'yinda g'alaba qozongan jamoa Braziliya bilan to'qnash kelardi, shu sababli, ikki jamoa ham g'alaba qozonishni "istashmadi".
Jahon chempionatini uch ochko bilan yakunlagan Liviya futzal terma jamoasi ustozi Rikardo Inigez bu holatni sharmandali deb atadi.
"Liviya Eron va Franciya o'rtasidagi o'yin bo'yicha rasmiy shikoyat kiritadi. Bu bizning sport uchun sharmandalik", -deb yozadi Rikardo Inigez.
Fikrlar