"Bryugge" bosh murabbiyi: "Evropa ligasi MYU uchun kerakli turnir"
16 dek 2019 20:57
Yangiliklar


"Bryugge" bosh murabbiyi: "Evropa ligasi MYU uchun kerakli turnir"
"Bryugge" bosh murabbiyi Filipp Klement Evropa ligasi 1/16 finaliga qura tashlash marosimidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Belgiya jamoasi ushbu bosqichda "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.
"Evropa ligasi "Manchester Yunayted" uchun muhim turnirlardan biri hisoblanadi. SHu boisdan ular bizga qarshi o'yinlarda bor kuchi bilan o'ynaydi. Biroq biz ham o'z futbolimizni namoyish qilib, bor kuchimizni maydonga tashlaymiz.
Ushbu o'yinlarni intiqlik bilan kutyapman. O'sha kuni stadion ham anshlag bo'ladi. Bu esa biz uchun yangi chaqiruvdir. Umid qilamanki, yakunda bizning jamoa g'oliblikni nishonlaydi", - dedi Klement.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar