Brunu "Man Yunayted"da 6-bor oyning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi
01 jan 2021 19:31
Yangiliklar


Brunu "Man Yunayted"da 6-bor oyning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi
"Manchester Yunayted"da dekabr oyi natijalari sarhisob qilindi.
Brunu Fernandesh "qizil iblislar"ning o'tgan oydagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Portugaliyalik yarim himoyachi bunday natijaga 6-bor erishdi. 2020 yilning yanvarida "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tgan futbolchi fevral, mart, iyun, avgust va noyabr oylarining eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan edi.
Brunu dekabr oyida 9 ta rasmiy o'yin o'tkazib, "gol + pas" tizimida 8 ochko (4+4) to'pladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar