Brunu Fernandesh "Benfika"ga qarshi o'yindan so'ng MYUga o'tadi
16 jan 2020 16:20
Yangiliklar
Brunu Fernandesh "Benfika"ga qarshi o'yindan so'ng MYUga o'tadi
"Sporting" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.
Portugaliyalik futbolchi manchesterliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan va u "Benfika"ga qarshi o'yindan so'ng ingliz klubiga qo'shiladi.
Klublar yakuniy transfer narxini kelishishlari qoldi xolos.
Brunu Fernandesh joriy mavsum jamoasi safida barcha turnirlarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 13ta assist qayd etdi.
"Manchester Yunayted" esa APLda 22 turdan so'ng 34 ochko jamg'argan holda 5-o'rinni band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar
15:01
"Futbol va Sport bola tilidan" loyihasi davom etadi. Mehmonimiz - 9 yoshli Ziyoratullaev Foziljon 0
Fikrlar