Fabricio Romano: "Brunu Fernandesh "Al Hilol" taklifini rad etdi" Yangiliklar

Fabricio Romano: "Brunu Fernandesh "Al Hilol" taklifini rad etdi"

"Manchester Yunayted" sardori va yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi taklifini rad etdi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida malum qildi.

Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistoni Pro-Ligasi klubining aql bovar qilmas taklifiga qaramay, Brunu Fernandesh Evropada futbol o'ynashni davom ettirmoqchi. Bu borada futbolchi tomonidan yakuniy qaror qabul qilindi.

O'tgan mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 57ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 20ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining narxi 50 mln evroni tashkil etadi.


Reyting: -3   

Fikrlar

   
03 iyu 13:50:07
Beckham
Manchesterni koʻtiga tiqib keyin ketadi.
Bruno Manchesterni tortib yuribdi, shuning uchun Chempionshipga tushib ketmadik deganlar endi mazza qilip muhlislik qilaveringlar. Keyingi mavsumda 14 oʻrinni olsak Brunoga oltin toʻp beringlar.
   
03 iyu 13:14:53
Real Nasaf
Shu Fernadesh xayolimga klubda ichki muhitni buzadigandek kòrinadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика