So’nggi yangiliklar

23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  74 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  14 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3

Bruno Garsiya: "CHorak final Vetnam uchun katta natija" Yangiliklar

Bruno Garsiya: "CHorak final Vetnam uchun katta natija"

Vetnam bosh murabbiyi Bruno Garsiya Tailandga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bu futzal bunday natijalar va o'yinning keskin burilishi bo'lib turadi. Tailand terma jamoasiga qarshi bahsda kamroq gol urishga imkon bermoqchi edik. Birinchi bo'limda buni uddalagandek bo'ldik. Ammo baribir raqib o'z saviyasini ko'rsatib hisobni ochdi. Biz keyinroq hisobni tenglashtirdik. So'nggi daqiqada bu hisobni saqlab qola olmadik, bu achinarli”, - deydi Bruno Garsiya.

- Darvozabon haqida nima deya olasiz?
- Uning jarohati bor edi. SHunday bo'lsa ham maydonga tushib bir necha bor jamoamizni gollardan saqlab qoldi.

- Bugungi mag'lubiyatda aynan shu posbonning jarohat olib maydonni tark etishi sabab bo'ldi deya olasizmi. Oxirgi daqiqada ikkita golni ikkinchi darvozabon o'tkazib yubordi.
- Men odatda biror futzalchini mag'lubiyatda aybdor hisoblamayman. SHu bois bunday savollarga javob bera olmayman.

- Yaponiyaga qarshi o'yinda jamoa ruhiyatini qanday ko'tarasiz?
- Jamoaning imkoniyatlarini bilamiz. CHorak finalga chiqqanimizning o'zi katta natija. Bundan xursandmiz. Yaponiya juda kuchli jamoa, oxirgi ikkita Osiyo chempionati g'olibi. Barcha jamoada kuchsiz tomonlari bo'ladi, yaponlarda bu juda ham kam. Lekin shuni topishga harakat qilamiz.

- Vetnamning kuchli beshlikka kirish va JCHga yo'llanma olish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Biz har bir o'yindan oldin maqsad sari intilayapmiz. Agar Yaponiyani mag'lub etsak o'z o'zidan mundialga yo'llanma olamiz. Agar yutqazib qo'ysak shundan keyin pley-off o'yini haqida o'ylaymiz.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика