Britaniyaning eng boy odami tez orada MYU uchun taklif bilan chiqadi
28 noy 2022 18:37
Yangiliklar
Britaniyaning eng boy odami tez orada MYU uchun taklif bilan chiqadi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi egalari Joel va Avram Gleyzerlar klubni sotuvga qo'ydi.
Ser Retkliff imkoniyatni qo'ldan chiqarmoqchi emas va yaqin orada rasmiy taklif bilan chiqadi.
70 yoshli Retkliffga o'zi muxlislik qiladigan klubni sotib olish juda qiziqarli tuyulyapti. SHuningdek, u "Liverpul"dan ko'ra MYUni sotib olishni to'g'riroq, deb hisoblamoqda. Agar u chindan ham bunga qo'l urmoqchi bo'lsa, Gleyzerlarni ko'ndirish uchun kattagina mablag' to'lashiga to'g'ri keladi. Amerikaliklar MYU uchun 8,25 milliard funtlik narx belgiladi. Biroq bu narx haqiqatga to'g'ri kelmaydi, deb qaralmoqda.
Agar ularning talablari shov-shuvli tarzda qondirilsa, "Manchester Yunayted" tarixdagi eng qimmat sport klubiga aylanishi mumkin.
Fikrlar