So’nggi yangiliklar

09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  4 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  5 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  27 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  86 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2

Britaniyalik oficer - Devid Bekxem haqida Yangiliklar

Britaniyalik oficer - Devid Bekxem haqida

Teglar :  Devid Bekxem
Bugun Angliya futbolining afsonalaridan biri Devid Bekxem hamda malumotlar berib o'tamiz.

Devid Bekxem (ingl. David Robert Joseph Beckham. 1975 yilning 2 may kunida Angliyaning London shahrida tug'ilgan. Yarim himoyachi. Faoliyati davomida «Manchester Yunayted», «Preston Nort End», «Real Madrid», «Milan», «Los-Anjeles Gelaksi» va «Pari Sen-Jermen» kabi jamoalarda o'ynagan. Angliya terma jamoasi sharafini ko'p yillar davomida himoya qilgan. Uning o'yinlarini tomosha qilganlar jarima to'plarini qay tarzda qoyilmaqom amalga oshirishidan xabardorlar. 2011 yilda u dunyoning eng ko'p daromad topadigan futbolchisi hisoblanardi.

Bekxemning futbolchilik faoliyati 1992 yilda (17 yoshligida) "Manchester Yunayted" safida debyut qilish orqali boshlangan. Devid MYU bilan APLda 6 marta chempionlikka erishgan. 2 marta Angliya Kubogi, shuningdek CHempionlar Ligasida ham sovrindor bo'lgan.

2003 yilda esa Madridning "Real" jamoasiga ko'chib o'tadi va 4 yil davomida "qirollik klubi" sharafini himoya qiladi. Jamoa bilan Ispaniya chempionligini qo'lga kiritadi. 2007 yilda esa MLSning "Los Andeles Gelaksi" jamoasi safiga borib qo'shiladi va klub bilan 32,5 million dollar evaziga 5 yillik shartnoma imzolaydi. Bu orada u 2009-2010 yillar davomida "Milan"da ijara asosida ham o'ynagan. 2013 yilda esa PSJ sharafini himoya qilgan va faoliyatini yakunlagan.

Qahramonimiz ikki marta FIFAning yil futbolchisi nominaciyasida ikkinchi o'rinni egallagan. U ECHLda ilk marta 100ta o'yin o'tkazgan britaniyalik futbolchiga aylangan. 2000 yildan 2006 yilgacha Angliya terma jamoasi sardori bo'lgan. Sardor sifatida 58 marta jamoasini maydonga olib tushgan. SHuningdek, Google'da 2003 yil va 2004 yillarda sport yo'nalishida aynan Bekxem eng ko'p qidirilgan so'z bo'lgan.

Devid "Spice Girls" guruhi qo'shiqchisi Viktoriya Bekxemga uylangan va ayni paytda ushbu juftlik to'rt nafar farzandning ota-onasi.





Bolaligi

Devid bolaligidanoq CHingforddagi «Rijuey Park»da muntazam futbol o'ynardi. Uning ota onasi "Manchester Yunayted" muxlislari edilar va doimiy ravishda Londondan "Old Trafford"ga tashrif buyurardilar. Ota onaning klubga bo'lgan muhabbati qahramonimizga ham o'tadi va u Bobbi CHarltonning Manchesterdagi futbol maktabiga tashrif buyuradi.

Devid 14 yoshligida "Manchester Yunayted" futbol akademiyasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoa safida ilk marta 1996 yilning 1 sentyabrida Moldaviyaga qarshi o'yinda maydonga tushgan.


Muvaffaqiyatlari

"Manchester Yunayted"


Angliya Premer-Ligasi chempioni: 1995/1996, 1996/1997, 1998/1999, 1999/2000, 2000/2001, 2002/2003
Angliya Kubogi sohibi: 1996, 1999
CHempionlar Ligasi sohibi: 1999
Qitalararo Kubok sohibi: 1999
Angliya Superkubogi sohibi: 1996, 1997.


"Real"

Ispaniya chempioni: 2006/2007
Ispaniya Superkubogi sohibi: 2003


"Los-Anjeles Gelaksi"


MLS Kubogi sohibi (2): 2011, 2012
Supporters' Shield MLS (2): 2010, 2011
MLS g'arbiy chempionati g'olibi: 2009, 2010, 2011
MLS Kubogi finalchisi: 2009


"Milan"

Italiya chempionati bronza medali sohibi: (2): 2008/09, 2009/10


"Pari Sen-Jermen"

Franciya chempioni: 2012/13




Angliya terma jamoasi safida 115 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marta aniq nishonga olgan.


Mahsus orden va sovrinlari

Britaniya imperiyasi oficeri ordeni: 2003yildan beri
YUNISEF elchisi: 2005 yildan beri
Britaniyalik 100 nafar buyuk inson ro'yxatiga kirgan


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика