Britaniya shahzodasi "Manchester Yunayted" muxlisiga hazil qildi
19 sen 2022 00:46
Yangiliklar
Britaniya shahzodasi "Manchester Yunayted" muxlisiga hazil qildi
Xabaringiz bor, sentyabr oyi boshlarida Britaniya qirolichasi Elizaveta II 96 yoshida vafot etdi. Uning tobutini ko'rish uchun minglab odamlar soatlab navbatda turishdi.
Ular orasida Angliyaning sobiq sardori Devid Bekxem ham bor edi, u sevimli monarxga hurmat bajo keltirish uchun 12 soat navbatda turgan.
Britaniya shahzodasi Uilyam sportning ashaddiy ishqibozi sanaladi. U tez-tez Angliya kubogi finallarida va boshqa yirik tadbirlarda medallar topshiradi.
Uilyam shanba kuni motamga chiqqan kishilar bilan uchrashdi. Yoshlardan biri undan qaysi futbol jamoasini qo'llab-quvvatlashni so'raganda, u "Aston Villa" deb javob berdi.
SHahzodaning javobini muxlislar xursinish bilan qabul qildi. Uilyam ulardan "Siz MYU muxlislarimisiz?" deb so'raganda, ular "Ha" deb javob berishdi. SHahzoda esa "Ha, barchamiz ham mukammal bo'la olmaymiz", deya hazil qildi.
Fikrlar