So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  2 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  2 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

Brisben matbuoti xitoylik darvozabon qaytargan penaltiga katta etibor qaratdi Yangiliklar

Brisben matbuoti xitoylik darvozabon qaytargan penaltiga katta etibor qaratdi

Xabaringiz bor, Osiyo Kubogining 1-turida Xitoy Saudiya Arabistoni ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Bu o'yinda juda qiziq voqea ro'y berganidan allaqachon xabaringiz bo'lsa kerak. Vaziyatlarning birida bosh hakam Xitoy darvozasi tomon penalti belgiladi. SHunda xitoyliklar posboni Vang Daley orqasiga o'girilib maydondan tashqariga chiqib ketgan to'plarni uzatib turuvchi bolakaydan qaysi tomonga sakray deb so'radi. 12 yoshli Stiven Uyat esa chap tomonga sakra, o'sha yoqqa qarab tepadi dedi. Buni qarangki, saudiyalik Naif Hazazi to'pni o'zidan o'ng tomonga tepdi va darvozabon zarbani qaytardi.

O'yin oxirlarida esa Xitoy bitta gol urib g'alaba qozonib ketdi. Keyinchalik Vang Daleyning qanday qilib penalti qaytargani va orqasiga o'girilib 12 yoshli bolakay bilan nimalar haqida gaplashgani rosa gap-so'z bo'ldi. Biz bu paytda Sidneyda edik va ko'p gapdan xabardor emasdik. Brisbenga kelganimizdan so'ng esa shaharda chop etiladigan gazetalar shu voqeaga katta etibor berishgani etiborimizni tortdi. Xususan "The Courier Mail" nashri Stiven Uaytni salkam qahramonga chiqarib qo'ydi. Kecha televizorda ham namoyish etishdi: jurnalistlar Stivenning uyiga borib ota-onasidan intervyu olishibdi.

"Men reklama to'sig'i orqasida turgandim, - deydi bolakay. - Darvozabon o'girilib menga qaradi va to'pni qaysi tomonga tepadi deb so'radi. Men chapga sakra dedim. Saudiyalik futbolchi to'pni chindan ham men aytgan tomonga tepdi va darvozabon zarbani qaytardi. O'yindan keyin esa oldimga kelib meni tabriklab qo'ydi".

Brisbenda yashovchi Stiven Uayt ertasi kun o'tkazilgan Xitoy terma jamoasining mashg'ulotiga taklif etildi. Unga Vang Daley o'z formasini sovg'a qildi. "Osiyo chempionatida Avstraliyadan keyin Xitoyga muxlislik qilaman", - dedi maktab o'quvchisi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика