Breytueyt – XXI asrda ham “Barsa”, ham "Espanol"da gol urgan 4-futbolchi
05 sen 2022 08:50
Yangiliklar
Breytueyt – XXI asrda ham “Barsa”, ham "Espanol"da gol urgan 4-futbolchi
La Liga 4-turida “Espanol” safarda “Atletik”ni mag'lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona golni yangi jamoasidagi debyutidayoq Martin Breytueyt urishga erishdi. SHu tariqa, daniyalik 21 asrda ham “Barselona”, ham “Espanol”da to'p kiritgan 4-futbolchiga aylandi. Avvalroq, Dani Garsiya, Filippe Koutino hamda Aleysh Vidal bunga erishgandi.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli futbolchi 2020 yildan beri “ko'kanorranglilar” sharafini himoya qildi va klub bilan amaldagi kelishuvini bekor qilib, erkin agent sifatida Kataloniyaning boshqa jamoasiga o'tdi.
Fikrlar