Breytueyt tarixdagi eng yaxshi 4 futbolchini aytdi. Ulardan 2 nafari madridistlar
04 mar 2020 23:14
Yangiliklar


Breytueyt tarixdagi eng yaxshi 4 futbolchini aytdi. Ulardan 2 nafari madridistlar
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt tarixdagi eng yaxshi futbolchilar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Darvozabonlar orasida Peter SHmeyxelni tanlayman. U yurtdoshim bo'lgani uchun emas, balki, ko'plab sovrinlarga ega chiqqani uchun. Fikrimcha, u futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon.
Puyolni eng yaxshi himoyachi deb bilaman. U doim jamoa manfaatlari uchun maydonda borini beradigan, haqiqiy etakchi edi.
Zinedin Zidanni esa eng yaxshi yarim himoyachi deb bilaman. CHunki u bir futbolchi yutishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan va har doim muhim pallalarda eng to'g'ri qarorlarni qabul qila olgan.
Hujumchi, shubhasiz, Ronaldo. U mening kumirim edi. Ronaldoga o'xshash boshqa hujumchi ko'rmaganman. U tengsiz edi", – dedi yaqindagina katalon klubiga kelib qo'shilgan futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar