Brendan Rojers: "Liverpul" o'yinni juda sekin boshladi"
14 sen 2014 15:00
Yangiliklar


Brendan Rojers: "Liverpul" o'yinni juda sekin boshladi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoasining "Aston Villa"ga mag'lub bo'lganidan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun jamoaviy o'yinimiz chiqmadi. 0:1 hisobida yutqazayotganda tezroq harakat qilish va qanotlardan hujum qilish kerak. Buni amalga oshira olmadik. O'yinni juda sekin boshladik, faqat gol o'tkazib yuborgach tezlashdik. Bu etarli bo'lmadi. Koutinoning darvoza ustuniga yo'llangan zarbasidan boshqa xavfli vaziyat tashkil eta olmadik", - deydi Rojers.

Fikrlar