Brendan Rojers: “Bugun katta transferni rasmiylashtiramiz deb umid qilaman”
31 jan 2014 14:52
Yangiliklar


Brendan Rojers: “Bugun katta transferni rasmiylashtiramiz deb umid qilaman”
“Liverpul” haligacha “Dnepr” yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyankoni sotib olishga umid qilayapti.
“Biz katta transfer ustida ish olib borayapmiz va bugun ishimizni ijobiy yakunlaymiz deb o'ylayman”, - deydi klub bosh murabbiyi Brendan Rojers.
Takidlab o'tamiz, “Liverpul” Konoplyankoga asosiy davogar sanalayotgan edi, biroq kechagina ukrainalik futbolchi bilan “Tottenxem” muzokara olib borayotgani haqida xabar chiqdi.
Xabarlarga ko'ra, “Dnepr” futbolchining transferidan 15 million funt olishi mumkin.

Fikrlar