Brendan Rodjers: Futbolchilarimni oldida shlyapamni echaman
02 mar 2015 01:04
Yangiliklar


Brendan Rodjers: Futbolchilarimni oldida shlyapamni echaman
Liverpul bosh murabbiyi Brendan Rodjers Manchester Sitiga (2:1) qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Futbolchilarimni oldida shlyapamni echaman. Biz Turkiyadan juma kuni ertalab qaytib kelgandik. Futbolchilar deyarli butun kun davomida dam olishdi. Biz faqatgina engil mashg'ulotlarni o'tkazish biln cheklanib qolgandik. Lekin shunga qaramasdan jamoa bugun fantastik tarzda o'ynadi. Raqibga faqatgina bir marotabagina darvozamiz tomon aniq zarba berishga imkon berdik. Butun jamoa bugun olqishlarga loyiq o'ynadi. Mavsum avvalida jamoamizning xarakteri haqida ko'p gapirilgandi. Hozir biz aynan har bir chiziqlarni bir xil balansda ushlab turishga harakat qilyapmiz. So'nggi paytlarda jamoamizda yangi futbolchilar ancha ko'paydi. Biz ularni jamoaga moslashib ketishlari uchun vaqt berishimiz lozim.

Fikrlar