Breaking News: "Tottenxem" Mourinyuni istefoga chiqardi
19 apr 2021 14:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632181_original.jpg)
![](/upload/storage/632181_220.jpg)
Breaking News: "Tottenxem" Mourinyuni istefoga chiqardi
Joze Mourinyu "Tottenxem" bosh murabbiyligini tark etdi.
Oldinroq xabar berilganidek, Mourinyuning istefosi "Tottenxem"ga 30 mln funtga tushadi. Klub prezidenti Deniel Levi qarorni mavsum so'nggida qabul qilmoqchi edi. Tez orada rasmiy malumot berilishi kutilmoqda.
London jamoasi so'nggi 6ta o'yinda atigi 1 ochko to'pladi. Bu davrda "Tottenxem" Evropa Ligasini ham tark etdi.
"Tottenxem" APLda 50 ochko to'plagan holda 7-o'rinda bormoqda.
Xabarlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis Evropa Superligasiga qarshi chiqqan va bu ham istefoga sabab bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar