Breaking: "Manchester Yunayted" Bruno Fernandes transferini kelishib oldi
30 iyu 2019 17:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/509530_original.jpg)
![](/upload/storage/509530_220.jpg)
Breaking: "Manchester Yunayted" Bruno Fernandes transferini kelishib oldi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Portugaliyaning "Sporting" jamoasi yarim himoyachisi Bruno Fernandesga jiddiy qiziqish bildirib kelayotgan edi.
Italiyalik mashhur jurnalist va ishonchli insayderlardan biri hisoblangan Janluka Di Marcio MYU Fernandesning transferi borasida kelishuvga erishgani haqida xabar berdi. 24 yoshli futbolchi tez orada "Qizil iblislar" azosiga aylanadi.
Ushbu transferdan Italiyaning "Sampdoriya" klubi ham manfaatdor bo'ladi. CHunki, genuyaliklar 2017 yilda Brunoni "Sporting"ga 8.5 million evroga sotishgan va keyingi transferining 10 foiziga ega bo'lish huquqini saqlab qolgan.
Eslatib o'tamiz, Bruno Fernandes o'tgan mavsum "Sporting" safida 50ta o'yinda 31ta gol urgan va 17ta golli pas bergan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar