Breaking news! "Manchester Yunayted" birinchi transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
10 may 2019 13:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/494848_original.jpg)
![](/upload/storage/494848_220.jpg)
Breaking news! "Manchester Yunayted" birinchi transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
Evropada mavsum yakuniga etib qolgani sari jamoalar yangi o'yinchilarni transfer qilish harakatini boshlab yuborishmoqda.
"Skysports" nashrining xabar berishicha, "Qizil iblislar" "Suonsi" vingeri Daniel Jeymsni 15 million funt sterlingga sotib olishga kelishib olgan.
Jeyms yanvar oyida 8.5 mln funt evaziga deyarli "Lids Yunayted"ga o'tgandi. Ammo, keyinchalik bu kelishuv barbod bo'lgandi.
Daniel Jeymsning "Suonsi" bilan shartnomasi yana bir yil amalda bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar